Madridning «Real» klubi UYeFA Superkubogi doirasida «Sevilya»ga qarshi maydonga tushdi va irodali g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvda 3:2 hisobi qayd etildi va g‘olib nomini aniqlash uchun qo‘shimcha bo‘limlar o‘tkazishga to‘g‘ri keldi. Garchi uchrashuvda 21-daqiqada Asensio hisobni ochgan bo‘lsa-da, «Sevilya» futbolchisi Vaskes tezda hisobni tenglashtirdi, ikkinchi bo‘limda Konoplyanka penaltidan «Sevilya»ni hisobda oldinga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
Sal bo‘lsa andalusiyaliklar g‘olib chiqishlari ham mumkin edi. Biroq 90-daqiqada Serxio Ramos hisobni tenglashtirdi. Qo‘shimcha bo‘limlarning so‘nggi daqiqalari o‘tib borayotganda esa Dani Karvaxal gol urdi va Superkubokni «Real» olishiga sababchi bo‘ldi
UYeFA Superkubogi Real – Sevilya - 3:2 Gollar: 1:0 – 21 Asensio, 1:1 – 41 Vaskes, 1:2 – 72, penalti Konoplyanka, 2:2 – 90 Ramos, 3:2 – 119 Karvaxal. Real Madrid – Kasilya, Ramos, Varan, Karvaxal, Marselo, Isko (Modrich, 66), Kovachich (Xames, 72), Asensio, Kazemiro, Vaskes, Morata (Benzema, 62). Sevilya – Riko, Mariano, Kolodzeychak, Parexa, Karrisu (Rami, 51), Iborra (Kranevitter, 74), Kiyotake, Vitolo, Nzonzi, Vaskes, Vetto (Konoplyanka, 67). Ogohlantirishlar: Vitolo (40), Karvaxal (84), Asensio (86), Kolodzeychak (90), Xames (93). Chetlatish: Kolodzeychak (93).
Manba: Fut.uz