Bilasizmi?

Ravshan Ermatov Vasiliy Utkinga sovg‘a berib yubordi

O‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov Rossiya jahon chempionatidan so‘ng Rossiya sport sharhlovchisi Vasiliy Utkinga sovg‘a berib yubordi.

Bu haqda Utkin interyuda ma’lum qildi, Sports.ru chop etilgan.

"O‘tgan haftada Kazansiy bilan yozishdim. U O‘zbekistonda yarim final va final o‘yinni sharhlagandi. U Ermatov menga sovg‘a yuborganligini aytdi", - dedi Utkin.

Eslatib o‘tamiz, Utkin Argentina-Xorvatiya uchrashuvidagi sudyalikdan keskin norozi bo‘lib, o‘zining arbitr haqidagi mulohazalarini Tvitterdagi sahifasida joylagan edi. Sharhlovchi Ermatov yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklarga sariq kartochka ko‘rsatmaganidan darg‘azab bo‘lgandi. Keyinchalik Utkin aytgan haqoratlari uchun kechirim so‘radi.