Bilasizmi?

Ravshan Ermatov qaysi bahsni boshqarishi ma’lum bo‘ldi

Jahon chempionati guruh bosqichida bo‘lib o‘tadigan Argentina—Xorvatiya bahsini o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi, deb xabar berdi FIFA matbuot xizmati.

Ermatovga Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi. Zaxira hakami taitilik Norbert Xauata, hakamning zaxira yordamchisi – Bertran Brial (Yangi Kaledoniya).

Argentina va Xorvatiya o‘rtasidagi uchrashuv 21 iyun kuni Nijniy Novgorod shahrida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatov jahon chempionatlari final bosqichlarida 9 ta uchrashuvni boshqarib jahon rekordini o‘rnatgan.