Bilasizmi?

Rasman: Prezident Farmoni bilan O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi tashkil etildi

Ushbu hujjat davlat rahbarining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish, davlat hokimiyati organlarining o‘zaro kelishib ishlashi va munosabatlari, xalqimizga munosib turmush sharoiti yaratish va farovonligini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan jiddiy nazorat o‘rnatishga qaratilgan. Bu haqda O‘zA xabar beradi.

Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni negizida tashkil etilmoqda. Uning rasmiy nomi:

O‘zbek tilida – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;

Rus tilida – Administratsiya Prezidenta Respubliki Uzbekistan;

Ingliz tilida – The Administration of the President of the Republic of Uzbekistan.

Administratsiya tarkibiga rahbar, shuningdek, tegishli yo‘nalishlarda Prezident Administratsiyasi tuzilmalari faoliyatini boshqaruvchi Prezident maslahatchisi lavozimlari joriy etilmoqda.

Administratsiya Prezident tomonidan shakllantiriladigan davlat organi hisoblanadi va bevosita unga hisob beradi. U Prezidentning axborot-tahlil, tashkiliy-nazorat faoliyati nazoratini ta’minlaydi. Davlat rahbari Administratsiya faoliyatini boshqaradi, Administratsiya rahbari esa, Administratsiya tuzilmalari o‘zaro uyg‘un va muvofiq faoliyat yuritishini ta’minlaydi.

Ushbu farmonga muvofiq, Prezident Administratsiyasi tarkibida Prezidentning maslahatchisi – Spichrayter lavozimi joriy etildi. U Prezidentning nutq va ma’ruzalarini tayyorlash bilan shug‘ullanadi.