Bilasizmi?

Qozog‘istonning eng yirik banki O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

Kun.uz'ning xabar berishicha, Qozog‘istonning eng yirik banklaridan biri, Rossiya, Gruziya, Tojikiston va Qirg‘izistonda bo‘linmalarga ega bo‘lgan bo‘lgan Halyk Bank («Xalq banki») Toshkentda o‘z sho‘’basini tashkil etishi mumkin. Ushbu bankning Qazkom bilan birlashuvdan so‘ng aktivlari hajmi 24 mlrd dollarga yetadi.

Hujjatlar to‘plami tayyorlandi, tartibga soluvchi idoraning muvofiqlashtirishi kerak, deya xabar berdi bank boshqaruvi raisi Umut Shayaxmetova jurnalistlarga.

«Halyk Group nafaqat Qozog‘istonda, balki MDH hududidagi bozorda ham katta o‘rin va ulushga ega. Biz hududiy miqyosda katta moliyaviy guruhni taqdim eta olamiz. Bizga O‘zbekiston qiziq. Ha, muzokaralar olib bordik. Biz Qozog‘iston Milliy bankiga va O‘zbekiston Milliy bankiga O‘zbekistonda filial ochish uchun ruxsat olishga taqdim etiluvchi hujjatlarni to‘playapmiz», - dedi Umut Shayaxmetova.

Bank rahbari O‘zbekiston bozoriga kirish bo‘yicha aniq muddatlarni aytmadi. Uning xabar qilishicha, Halyk Bank tezroq startdan manfaatdor, biroq hujjatlar to‘plash jarayoni va tartibga soluvchi idora bilan kelishish uzoq cho‘zilib ketishi mumkin.

Bank O‘zbekiston fond birjasida operatsiyalar amalga oshirishni rejalashtirmayapti. Umuman olganda, Umut Shayaxmetovaning so‘zlariga ko‘ra, yangi bozorga kirish katta qiziqish uyg‘otmoqda. O‘zbekistonning yangi prezidenti iqtisodiy islohotlari meva bermoqda.

«Bank Qozog‘iston ishbilarmonlarida O‘zbekistonga sarmoya kiritish bo‘yicha katta qiziqish borligini ko‘ryapti», - dedi u.