O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi va «Altin Orda» biznes-klubi avtobus yong‘inida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari xotirasiga 52 tup daraxt ko‘chati o‘qazdi, deya xabar qildi «Kazinform» axborot agentligi.
«Fojiali hodisa kuni Qozog‘iston hukumati va butun xalq yordam berdi. Qozog‘istondagi mutasaddi organlar barcha zarur choralarni ko‘rdi. Bugungi tadbir — ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarining sharofatidir. Miz bu haqda halok bo‘lganlarning oilalariga aytishimiz shart», — dedi O‘zbekiston elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev.
Yanvarda 52 nafar O‘zbekiston fuqarosi Oqto‘ba viloyati hududida «Samara-Chimkent» trassasida to‘xtagan avtobusdagi yong‘in natijasida hayotdan ko‘z yumgan edi.