Bilasizmi?

Qozog‘iston banklari O‘zbekistonda filiallar ochishi mumkin

O‘zbekiston Markaziy banki va Qozog‘iston Milliy banki 10 iyul kuni Olma otada bank nazorati sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi, deya xabar berdi MB matbuot xizmati.

Tarixda ilk bor imzolangan hujjat tomonlarning o‘zaro bank bozoriga kirishi uchun huquqiy asos berib, ikki tomonlama bank hamkorligini mustahkamlashga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.

Qozog‘iston Milliy banki saytida qayd etilishicha, mazkur bitim O‘zbekiston hududida transchegaraviy muassasalarni yaratish yoki ularga egalik qilish imkoniyatini taqdim etadi.

Buning uchun bir qator talablarga javob berish lozim. Jumladan bank filiali uchun eng kamida 100 mln yevro ekvivalentidagi tenge, transchegaraviy muassasa uchun esa 100 mlrd so‘m miqdorida nizom jamg‘armasi, shuningdek, Standard & Poor’s agentligining «B"dan past bo‘lmagan yoxud Fitch Ratings yoki Moody’s agentliklarining xuddi shu darajadagi uzoq muddatli kredit reytingiga ega bo‘lish talab qilinadi.