Tromboz - bu tomir ichida qon tarkibiy elementlaridan tashkil topgan qon laxtasi hosil bo‘lishidir. Qon laxtasi tomir ichki devoriga va tomir kavagiga o‘rnashib qoladi.
Qon oqimining sekinlashishi va qon ivish xususiyatining oshib ketishi ham tromb hosil bo‘lishiga olib keluvchi omil hisoblanadi. Buni o‘z vaqtida oldini olmaslik qator kasalliklar, xususan yurak xastaligini keltirib chiqarishi mumkin.
Quyidagi mahsulotlar arteriyalarni bu kabi tiqinlardan tozalab, qonni foydali vitaminlar bilan to‘yintiradi.
Anor
Bu go‘zal, yoqut misol meva o‘z tarkibida qondagi zaharli moddalarga qarshi kurashuvchi antioksidantlarni jamlagan bo‘lib, bular arteriya shilliq pardasini yallig‘lanishdan himoya qiladi. Anor sharbati tanada qon suyuqligini ta’minlovchi, arteriyalarni tozalovchi azot oksidining ishlab chiqarilishini yaxshilaydi.
Brokkoli
Brokkoli K vitaminiga boy. Bu darmondori arteriya uchun muhim bo‘lgan kalsiy moddasini yetkazib beradi. S vitamini tomirlarni toksinlardan tozalaydi. Undagi biriktiruvchi sellyuloza to‘qimasi qon bosimi va xolesterin miqdorini nazorat qiladi.
Xurmo
Xurmoning tarkibidagi antioksidant va polifenolam moddalari qondagi qand miqdorini me’yorida bo‘lishini ta’minlaydi, fruktoza oddiy shakar va glyukozadan farqli o‘laroq, qondagi shakar miqdorini keskin ko‘tarib yubormaydi. Xurmodagi foliy kislotasi organizmda yangi qon hujayralarini paydo bo‘lish jarayonida ishtirok etuvchi muhim vitamin. Xurmodagi temir moddasi qizil qon hujayralarini eritrotsitlar bilan ta’minlaydi.
Dolchin
Bu xushbo‘y ziravor qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi, qondagi tiqinlarni yuvib, arteriyani tozalaydi. Dolchin to‘la antioksidant bo‘lib, yurak-qon tomiri tizimi faoliyatini yaxshilaydi, qonni ivishdan himoya qiladi. Qahvaga, boshqa mahsulotlarga ham oz-ozdan dolchin qo‘shib iste’mol qilinsa, salomatlik uchun ayni muddao.
Ko‘k choy
Ko‘k choy tarkibida yuqori miqdorda katexin moddasi bo‘lib, hazm jarayonida xolesterinni tanaga so‘rilishini nazorat qiladi. Har kuni 3-4 piyola ko‘k choy ichish foydali. Bu qondagi lipid miqdorini oshirib, arteriyalarda tiqin hosil bo‘lishining oldini oladi. Shuningdek, tanada modda almashinuvini yaxshilab, vazn yo‘qotishga ham yordam beradi.
Sarimsoqpiyoz
Uni tananing "antivirusi" deyish mumkin. Sarimsoqpiyoz virus va infeksiyalar, yuqumli kasallik va saratonga olib keluvchi zararli moddalarga qarshi kurashadi. U arteriyani ham tozalaydi. Har kuni 4 dona sarimsoqpiyoz bo‘lakchasini iste’mol qilish qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi, qon bosimini me’yoriga keltiradi va qonda tromb hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Ismaloq
Bu o‘simlik tarkibida katta miqdorda lyutein karotinoid vitamini bo‘lib, bu darmondori yurak qon-tomirlarini qarishdan himoya qiladi. Bu darmondori arteriya devorlarini ham tiqinlardan tozalab, infarktning oldini oladi.
Pomidor
Pomidorda likopin – yurak-qon tomiri sklerozi xavfini 50 %ga kamaytiradigan kuchli antioksidantga boy. Shu boisdan pomidor mavsumida undan yetarli miqdorda iste’mol qilish kerak.
Olma
Olma ham qon tarkibida xolesterinning oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Uning tarkibidagi pektin moddasi ichaklardagi vitaminlar singish jarayonida faol ishtirok etadi. Olmadagi magniy, kaliy va kversetin darmondorilari arterial qon aylanishini yaxshilaydi.
Apelsin sharbati
Bu meva tarkibidagi S vitamini zaharli oksidlarga qarshi kurashuvchi kuchli modda bo‘lib, qon-tomirlarining yallig‘lanishiga yo‘l qo‘ymaydi.