Bilasizmi?

"Qirol Kubogi" finalida ikki o‘zbek bokschisi ishtirok etmadi

Tailandda bo‘lib o‘tgan Qirol kubogi musobaqasida Hasanboy Do‘smatov va Shahram G‘iyosov murabbiylarning qaroriga ko‘ra final jangida ringga chiqmadi, deb yozmoqda Sof.uz. Murabbiylar bokschilarni kutilmagan jarohat orttirib olishdan saqlash maqsadida shunday qarorga kelishdi.

Ular 30 aprel-7 may kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida qatnashishadi. Bundan tashqari, har ikki bokschi WSB turnirida qatnashuvchi "Uzbek Tigers" jamoasi a’zolaridir.

Elnur Abduraimov va Isroil Madrimov esa final jangida ishtirok etishdi.

Elnur tailandlik mezbon bokschi Vuttichay Masukka qarshi ringga ko‘tarildi va imkoniyatni boy berib kumush medal bilan kifoyalandi.

Isroil Madrimov esa kubalik Osley Iglesias Estradani mag‘lubiyatga uchratib oltin medalni qo‘lga kiritdi.