Hukumat qarori bilan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy Axborot» kanalida ma’lumot berildi.
Ushbu ro‘yxatga 65 ta davlat tashkiloti kiritilgan, xususan:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni.
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi.
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi.
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi.
- O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi.
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi*.
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati*.
- Markaziy saylov komissiyasi.
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki.
- O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi.
- Toshkent shahri hokimligi.
- Toshkent viloyati hokimligi.
- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi.
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi.
- O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi.
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi.
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.
- O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi.
- O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
- O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi.
- O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi.
- O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi*.
- O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
- O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi.
- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi*.
- O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi.
- O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.
- O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi.
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi.
- O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi.
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi.
- O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi.
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi.
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi.
- O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi.
- O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.
- O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi.
- O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi.
- O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi.
- O‘zbekiston Avtomobil va daryo transporti agentligi.
- O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi.
- «O‘zarxiv» agentligi.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita.
- O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi.
- O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi.
- «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi.
- «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati.
- «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati.
- «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati.
- «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi.
- «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi.
- «O‘zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati.
- «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi.
- O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi.
- «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi.
- O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi.
- O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi.
- «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti.
- O‘zbekiston yoshlar ittifoqi.
- «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi.
- «O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati.
Izoh: 1, 2 va 3-bandlarda ko‘rsatilgan davlat hokimiyati organlari (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi) apparatlari xodimlarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqaruvchisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi va Qonunchilik palatasi Spikeri (ular joyida bo‘lmaganda — ularning o‘rinbosarlari), shuningdek tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqaruvchisi tomonidan imzolanadi.
* 7, 8, 23 va 26-bandlarda ko‘rsatilgan davlat hokimiyati organlari apparatlari xodimlarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma tegishli ravishda ushbu organlar rahbarlarining o‘rinbosarlari tomonidan ham imzolanadi.
16, 27, 36, 39, 42-bandlarda ko‘rsatilgan tashkilotlarning nomlari o‘zgarganligi munosabati bilan hozirda mazkur ro‘yxatga o‘zgartirish kiritilmoqda.