Bilasizmi?

Qayg‘uli statistika: O‘zbekiston suitsidlar bo‘yicha Markaziy Osiyoda uchinchi o‘rinda

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘z joniga qasd qilishlar bo‘yicha statistikani e’lon qildi, O‘zbekiston bu ko‘rsatkich bo‘yicha Markaziy Osiyoda uchinchi o‘rinda qayd etildi.

Mintaqadagi eng yuqori ko‘rsatkich Qozog‘istonda. Bu yerda 2016 yilda o‘z joniga suiqasd qilish bo‘yicha 100 ming kishiga 22,5 kishi to‘g‘ri kelgan.

Qirg‘izistonda bu ko‘rsatkich 8,3, O‘zbekistonda 7,4 kishini tashkil etgan.

To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda Turkmaniston (6,7) va Tojikiston (2,5) joylashgan.

Statistikaga ko‘ra, o‘z joniga qasd qilish bo‘yicha Litva, Rossiya va Gayana yuqori o‘rinlarda turadi.