Bilasizmi?

Qancha edigu qancha bo‘ldik: demografik holatimiz raqamlarda

1991 yili O‘zbekiston aholisi 20 mln. 708 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra nufuzimiz 31,5 mln. nafardan oshdi.

demografiya_uzb

Jahon bankining 2014 yil yakunlariga ko‘ra aholi soni bo‘yicha mamlakatlar reytingida 189 ta mamlakat orasida yurtimiz 43-o‘rinda (reytingda O‘zbekiston aholisi 30,743 mln. nafar deb ko‘rsatilgan) qayd etilgan edi.

population_uz

Manba: www.gov.uz

Davlat statistika qo‘mitasining 2015 yilning yanvar—dekabr oylaridagi asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlarga bag‘ishlangan ma’ruzasida keltirilishicha, 2015 yilning yanvar—dekabrida tug‘ilganlar soni 735,8 mingtani tashkil qildi va 2014 yilning shu davriga (718,0 ming kishi) nisbatan 17,8 mingtaga ko‘paydi. Tug‘ilish koeffitsiyenti mos ravishda 23,5 promilleni tashkil qildi va 2014 yilning shu davriga (23,3 promille) nisbatan 0,3 promillega ko‘paydi.

Hisobot davrida o‘lganlar soni 152,9 mingtani tashkil qildi va 2014 yilning shu davriga (149,8 ming kishi) nisbatan 3,1 mingtaga ko‘paydi. Mos ravishda o‘lim koeffitsiyenti 4,9 promilleni tashkil qildi (2014 yil yanvar—dekabrda — 4,9 promille).

O‘lganlar umumiy sonidan 58,9 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 8,6 foizi o‘sma kasalliklaridan, 5,9 foizi ovqat hazm qilish organlari kasalliklaridan, 5,4 foizi nafas olish organlari kasalliklaridan, 6,6 foizi baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlardan vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2015 yilning yanvar—dekabrida bir yoshga to‘lmagan 8,3 mingta bolalar o‘limi kuzatildi. Bolalar o‘limi koeffitsiyenti 11,4 promilleni tashkil qildi (2014 yilning yanvar—dekabrida — 10,8 promille).

Bir yoshgacha o‘lgan bolalarning umumiy sonidan 59,0 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 23,2 foizi – nafas olish organlari kasalliklaridan, 9,1 foizi – tug‘ma anomaliyalardan va 3,4 foizi infeksiya va parazitlar bilan kasallanganligi sababli vafot etgan.

2015 yilning yanvar—dekabrida FHDYo organlarida 287,6 mingta nikoh va 29,6 mingta ajralish ro‘yxatga olindi. Ming aholiga nisbatan 9,2 ta nikoh (2014 yilning tegishli davrida – 9,6 ta) va 0,9 ta ajralishlar (2014 yilning tegishli davrida – 0,9 ta) to‘g‘ri keladi.

Population_pyramid_UZ

O‘zbekiston aholisining yosh toifasi, 2014 yilgi ma’lumot

vkontakte-demographics-22-638

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2015 yilning yanvar—dekabr oylarida respublika bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 139,6 ming kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 168,6 ming kishini tashkil qildi. Migratsiya qoldig‘i minus 29,0 ming kishiga (2014 yilning shu davrida minus 38,5 ming kishi) teng bo‘ldi.

Manba: Tafsilot.Uz