Kecha taksiga o‘tirdim, radio yoqilgan ekan. Radiodan bir boshlovchi pul haqida gapirib rosa aqllilik qildi. Nima emish, pul baxtsizlik olib kelar ekan, pul ko‘paysa odam xasis bo‘lib borarmish, puli kam odam puli ko‘p odamdan baxtli emish. Iye sani o‘sha devorgim keldiyu, yana aqllilik qilayotgan ushbu boshlovchini so‘kmasdan qo‘ya qoldim. Har holda madaniyatli odamman, oldimda otam qatori, balki undanda qariroq taksist amaki o‘tiribdi.
Aqllilikni qilib bo‘lib, boshlovchi savol berib qoldi: «100 AQSh dollarida AQShning qaysi davlat arbobing surati aks etgan?»
Keyin hozir pulni yomonlab turgan o‘rtoq AQSh dollarida daqiqasiga 20 sent to‘lab telefon qilib savolga javob berishni so‘rab qolsa bo‘ladimi. Telefon raqamlarini donalab, urg‘u berib sanab o‘tdi.
Alamlarim qo‘zg‘aganidan telefonni olib, telefon qivorganimni bilmay qolimman. U ham gudok ketishi bilanoq ko‘tardi telefonni. Telefonni ko‘tardida, ismimni, qayerdanligimni so‘rab, vaqtni ataylab cho‘zganday bo‘ldi. Minutiga 20 sent olgandan keyin cho‘zadiyamda. Urg‘u berib savolni takrorladi: «100 AQSh dollarida AQShning qaysi davlat arbobining surati aks etgan?»
- Benjamin Franklinning
- Javoooobingiz to‘g‘ri. Tabriklaymiz. Siz bizning radio orqali yaqinlaringizga salom yo‘llashingiz va qo‘shiq buyurtma berishingiz mumkin.
Unga raxmat aytdim, yaqinlarimni radio eshitmasligi, bunga vaqti ham yo‘qligini chiroyli qilib tushintirdim. Qo‘shiqqa kelsak, Shaxriyorning "Pul kerak” qo‘shig‘ini buyurtma berdim.
Ammo, boshlovchi ham mard ekan, shu qo‘shiqni qo‘yvordi reklama pauzasidan so‘ng, albatta reklama uchun ham pul olishgan.
Afsuski qo‘shiq tugamasidan uyga yetib keldim. Taksist amaki ham «boplading uka» deb qo‘ydi.
Firuz Allayev