Plyaj futboli bo‘yicha mamlakat terma jamoalarining yangilangan reytingi e’lon qilindi. Hisobida 190 ochko bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi jahon reytingida 52-o‘rindan joy oldi. Bu haqda Darakchi.uz xabar bermoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi avvalgiga nisbatan 1 pog‘onaga pastladi. Osiyo qit’asi terma jamoalari orasida O‘zbekiston hamon 10-o‘rinni egallab turibdi.
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK)ga a’zo mamlakatlar reytingida katta o‘zgarishlar yuz bermadi. Eron termasi 1688 ochko bilan yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, Yaponiya (1237) va Ummon (1003) kuchli uchlikdan joy oldi.
OFKga a’zo mamlakatlar reytingining kuchli o‘nligi quyidagicha ko‘rinish olgan:
1 (6). Eron – 1688 ochko
2 (8). Yaponiya – 1237 ochko
3 (14). Ummon – 1003 ochko
4 (18). BAA – 827 ochko
5 (26). Livan – 564 ochko
6 (41). Xitoy – 344 ochko
7 (40). Tailand – 354 ochko
8 (43). Vetnam – 308 ochko
9 (48). Bahrayn – 206 ochko
10 (52). O‘zbekiston – 190 ochko
Plyaj futbol bo‘yicha jahon reytingini 3477 ochko bilan Portugaliya terma jamoasi boshqarib bormoqda. Ikkinchi pog‘ona Rossiya (3204) terma jamoasiga tegishli bo‘lsa, Braziliya (2738) termasi kuchli uchlikka yakun yaasagan.
Ma’lumot uchun, mazkur reytingni tuzishda terma jamoalarning 2013 yil fevral oyidan 2017 yil yanvar oyiga qadar qayd etgan natijalari hisobga olingan.