Salomatlik

Patrik Magno: semizlik va xushbichimlilik orasidagi 12 hafta

Bo‘yi 1.70 sm bo‘lgan Patrik Magnoning vazni 80 kg.dan oshib ketganida shifokorlar Patrikka qon tarkibida qand moddasi ko‘paygani, shu taxlit semirishda davom etsa, yaqin orada qandli diabetga chalinishi mumkinligini aytishadi.

3 4

Bu kasallik bilan uning otasi ham xastalangani uchun Patrik uning asoratlarini yaxshi bilar edi. Shu sababli, u ozish va sport bilan shug‘ullanishga jon-jahdi bilan kirishib ketadi. Mashaqqatli mashg‘ulotlar, sabr-toqat va tartib-intizom, maxsus ovqatlanish tartibi natijasida 12 hafta orasida Patrik Magno 22 kg, ya’ni 30 foizlik ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga, shu bilan birga kelishgan qad-qomatga erishadi.

5 6

Ijtimoiy sohaning bir vaqtlar to‘lacha bo‘lgan xodimi 12 hafta ichida qanday qilib pishiq-puxta tana sohibiga aylanganini o‘quvchilar bilan o‘rtoqlashdi.

Kaliforniya shtatining San-Diyego shahrida istiqomat qiluvchi 29 yoshlik Patrik diabet xastaligi simptomlariga qarshi kurashish uchun umrining yangi bosqichini boshlab, qat’iy qoidalarga amal qila boshlaydi.

"Shu qadar semirib ketdimki, o‘zimni taniy olmay qolgandim. Semizligimdan uyala boshladim. Buning oldini olish uchun esa irodali bo‘lishga majbur edim", deydi qahramonimiz.

Patrik parhezga e’tibor qildi. Bodyspace nomli maxsus ilova yordamida o‘z qad-qomatini nazoratga oldi. U asosan meva-cheva, sut mahsulotlari, tunets (yog‘li baliq), jigarrang guruch, tuxum va tovuq (terisiz) iste’mol qilishga odatlandi.

7 8

U tanadagi pay va mushaklar rivojlanishi, kerakli kaloriyani to‘plash uchun yaxshi yeb-icha boshladi. Patrik ovqat tarkibidagi oqsil miqdorini oshirdi.

Shu bilan birga, jismoniy mashqlarni ham kanda qilmadi, maxsus dastur asosida og‘ir atletika bilan muntazam shug‘ullandi.

"O‘zimni ozish uchun mashqlarga bag‘ishlaganimdan ko‘p o‘tmasdan natijaga guvoh bo‘la boshladim. Tinmay harakat qildim, tibbiy, tavsiyaviy xususiyatdagi veb-sayt, manbaalarga kirib ko‘proq shu yo‘nalishdagi materiallarni muhokama qila boshladim".

5 hafta o‘tgach, Patrik charchoq, tushkunlik va umidsizlikka tushadi. Ammo u bo‘sh kelmadi. Iroda ustun kelib, yanada qattiqroq harakat, mustahkam ishonch bilan Patrik mashg‘ulotlarni davom ettiradi.

Nihoyat, 12 haftadan so‘ng semiz ishchi ko‘zguda o‘zining kelishgan qomatini ko‘radi.

"Bu hodisa mening hayot tarzimni, odamlarning menga munosabatini tamoman ijobiy tomonga o‘zgartirib yubordi. Eng muhimi, men kasallikning oldini oldim. Bu eng katta mukofot. Men avvalo, oilam uchun sog‘lom bo‘lishga majburman", deydi Patrik.

Patrik Magno ortiga qarasa, irodasi orqali sog‘-omon chiqib olgan umrinig qorong‘u kunlarini ko‘radi. Ammo, endi bo‘lsa, u baxtli taqdir egalaridan biridir.

Doimo sog‘-salomat bo‘ling!