Bilasizmi?

Paralimpiya-2016 o‘yinlarida sportchilarimiz qo‘lga kiritgan medallar soni 30 taga yetdi!

Musobaqalarning 8 kuni ortda qolgan bir paytda 7 ta oltin, 6 ta kumush va 17 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, hozircha umumjamoa hisobida 12-o‘rinda ketyapmiz.

Kechagi kungi bahslarda 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medali sohibiga aylandik.

Yengil atletika musobaqasining nayza uloqtirish bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz Aleksandr Svechnikov paralimpiya o‘yinlarining rekordini qayd etdi va vatanimiz g‘aznasiga 7-oltin medalni keltirdi.

Hali yana 3 kun davomida sportchilarimiz yana 8 ta yo‘nalish bo‘yicha bahslarni davom ettiradi va medallar soni ham sifat, ham son jihatdan oshishiga ishonamiz.

Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini jami 32 nafar sportchi 5 ta sport turi bo‘yicha himoya qilmoqda.

Eng quvonarlisi, biz qatnashayotgan barcha 5 ta sport turlari bo‘yicha medal olishga erishdik. Ya’ni Braziliyaga shunchaki muzqaymoq yalagani bormaganimizni isbotladik.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, g‘oliblarga hukumat tomonidan oltin medal uchun 200 ming, kumush medal uchun 100 ming, bronza medali uchun 75 ming AQSh dollari miqdorida pul mukofoti beriladi.

Shuningdek, Milliy olimpiya qo‘mitasi paralimpiyada ishtirok etgan barcha 32 nafar sportchilarimizga (medal olgan yoki olmaganidan qat’i nazar) "Malibu" avtomobilini hozirlab qo‘yganligi haqida ma’lumot berildi.

Sport turlari bo‘yicha natijalar quyidagicha:

1. Dzyudo - jami 10 ta medal (3 ta oltin, 1 ta kumush, 6 ta bronza); 2. Suzish - jami 12 ta medal (2 ta oltin, 4 ta kumush, 6 ta bronza); 3. Yengil atletika - jami 6 ta medal (2 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza); 4. O‘q otish - 1 ta bronza; 5. Paurlifting - 1 ta bronza.

Hozirgacha jamoaviy estafetani hisobga olmaganda 23 nafar sportchimiz medal olishdi.

Quyidagi sportchilar bir nechta medalga ega chiqishdi:

1. Fotimaxon Amilova - 1 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza (suzish); 2. Husniddin Norbekov - 1 ta oltin va 1 ta bronza (yengil atletika); 3. Aleksandr Svechnikov - 1 ta oltin va jamoaviy estafetada 1 ta bronza; 4. Muslima Odilova - 2 ta kumush (suzish); 5. Muzaffar Tursunxo‘jayev - 2 ta bronza (suzish); 6. Shohsanam Toshpo‘latova - 2 ta bronza (suzish); 7. Doniyor Soliyev - 2 ta bronza (bittasi jamoaviy estafetada).

Hozircha quyidagi sportchilarimiz yurtimiz sharafiga medallar olib kelishdi:

Oltin medallar: 1. Sherzod Namozov - dzyudo (60 kg); 2. O‘tkirjon Nigmatov - dzyudo (66 kg); 3. Husniddin Norbekov - disk uloqtirish; 4. Odil Tulindebayev - dzyudo (100+ kg.); 5. Fotimaxon Amilova - brass usulida suzish (100 m.); 6. Firdavsbek Musabekov - brass usulida suzish (100 m.); 7. Aleksandr Svechnikov - nayza uloqtirish.

Kumush medallar: 1. Kirill Pankov - batterflyay usulida suzish (100 m.); 2. Muslima Odilova - batterflyay usulida suzish (100 m.); 3. Xaytjon Alimova - dzyudo (70+ kg.); 4. Fotimaxon Amilova - kompleks usulda suzish (200 m.); 5. Sofiya Burxonova - yadro uloqtirish; 6. Muslima Odilova - erkin usulda suzish (50 m.).

Bronza medallar: 1. Sevinch Salayeva - dzyudo (62 kg); 2. Muzaffar Tursunxo‘jayev - batterflyay usulida suzish (100 m.); 3. Fotimaxon Amilova - batterflyay usulida suzish (100 m.); 4. Tursunposhsha Nurmatova - dzyudo (63 kg.); 5. Feruz Sayidov - dzyudo (73 kg.); 6. Server Ibragimov - pistoletda 10 m.ga o‘q otish; 7. Shirin Sharipov - dzyudo (100 kg.); 8. Shuxrat Boboyev - dzyudo (90 kg.); 9. Gulruh Rahimova - dzyudo (70 kg.); 10. Shohsanam Toshpo‘latova - kompleks usulda suzish (200 m.); 11. Doniyor Soliyev - uzunlikka sakrash; 12. Ahror Bozorov - paurlifting (80 kg.); 13. Dmitriy Xorlin - erkin usulda suzish (400 m.); 14. O‘zbekiston jamoasi - 4x100 metrga yugurish bo‘yicha jamoaviy estafeta; 15. Husniddin Norbekov - yadro uloqtirish; 16. Muzaffar Tursunxo‘jayev - erkin usulda suzish (50 m.); 17. Shohsanam Toshpo‘latova - erkin usulda suzish (50 m.).

14317505_1092302340819022_544252008033689940_n

Xushnudbek Xudayberdiyev