Bilasizmi?

O‘zbekistonda «aqlli tibbiyot» tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda Yagona tibbiy axborot markazini tashkil etish va «Aqlli tibbiyot» tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Ularni yaratish va rivojlantirish bo‘yicha konsepsiya loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.

Loyiha doirasida mamlakatning barcha tibbiyot muassasalarini qamrab oluvchi Yagona teletibbiyot tizimining (YaTT) yaxlit infratuzilmasini yaratish mo‘ljallanmoqda. Yagona tibbiy axborot markazi uning faoliyat yuritishini ta’minlashi, shuningdek, «Aqlli tibbiyot» texnologiyalarini joriy etishi kerak bo‘ladi. Bu jarayon bosqichma-bosqich ishga tushirish 2020 yilga mo‘ljallangan.

Bu innovatsiyalar xizmatlar ko‘rsatish sifatini yangi darajaga ko‘tarishga, aholiga diagnostika va davolash-profilaktika yordamini ko‘rsatish sifatini oshirishni ta’minlashga yordam beradi.

O‘zbekistonda teletibbiyot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

  • teletibbiy konsultatsiya/telenasihat. Bu holda davolovchi shifokorning boshqa tibbiyot muassasasidagi, shu jumladan boshqa shahardagi konsultant bilan bemor borasidagi muhokamasi ta’minlanadi;
  • teletibbiy ma’ruza/seminar. Ma’ruzachi (muallim) barcha ishtirokchilarga bir vaqtning o‘zida murojaat qilishi mumkin, ular esa, o‘z navbatida, — bir-biri bilan shaxsan muloqot qilish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda ma’ruzachiga murojaat qilishi mumkin;
  • telemonitoring (telemetriya). Ko‘pgina mijozlarning ma’lumotlari konsultativ markazga jo‘natiladi. Mazkur texnologiya mijozdan maxsus qurilmani olib yurishni talab qiladi, u bemor to‘g‘risidagi xolis ma’lumotlarni berishni ta’minlaydi. Olingan ma’lumotlar tashxisni aniqlashtirish va davolashni yanada samaraliroq olib borish uchun zarurdir;
  • teletibbiyot kengashi/konsilium/simpozium. Aloqa turli muassasalarda joylashgan uchrashuv ishtirokchilariga bir-biri bilan muloqot qilish va dolzarb vazifalarni muhokama qilish imkonini beruvchi sxema orqali tashkillashtiriladi.

Tibbiyot muassasalarini kerakli asbob-uskunalar bilan qo‘shimcha jihozlash bo‘yicha tadbirlar va teletibbiyot tizimini bosqichma-bosqich ishga tushirish 2020 yilga mo‘ljallangan.