2018 yil yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston elektr energiya ishlab chiqarishni 2017 yilning shu davriga nisbatan 3,6 foizga oshirdi, deb yozadi Kun.uz.
Hisobot davrida, O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat korxonalari tomonidan taxminan 56,25 mlrd. kVt /soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Shuningdek, yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonda 24,8 mln. Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarildi, bu 2017 yilning shu davriga nisbatan 1,1%ga ko‘pdir.