Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mamlakat bozorlaridagi narx-navolarni o‘rganishda davom etmoqda, deb yozadi UZ24.
Bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2018 yil 10 dekabr holatidagi narxlari quyidagicha:
Un
1 500 so‘mdan 4 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 1 kg. 1-navli un 1 500 so‘mdan 2 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narx Andijon viloyatidagi Yangi shahar bozori – 3 500 so‘mdan 4 000 so‘mgacha.
Makaron
2 500 so‘mdan 6 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Nukus shahar Markaziy bozorida 2 500 so‘mdan 3 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida 4 000 so‘mdan 6 000 so‘mgacha
Shakar
4 200 so‘mdan 5 500 so‘mgacha
Eng qimmat narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida 5 000 so‘mdan 5 500 so‘mgacha.
Eng arzon narx Toshkent shahridagi Mirobod dehqon bozorida 4 200 so‘mdan 4 500 so‘mgacha.
O‘simlik yog‘i
8 000 so‘mdan 13 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida 8 000 so‘mdan 10 500 so‘mgacha.
Eng qimmat narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida 10 000 so‘mdan 13 000 so‘mgacha.
Xo‘jalik sovuni
1 500 so‘mdan 3 500 so‘mgacha
Aksariyat bozorlarda sifatli xo‘jalik sovunini 3000 so‘mdan xarid qilish mumkin. Eng arzoni esa 1500 so‘mdan sotilmoqda.
Tuxum
450 so‘mdan 700 so‘mgacha
Bu haftada ham tovuq tuxumining narxida o‘zgarishlar bo‘lmaganini ko‘rsatmoqda.
Mamlakatimiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 450-700 so‘mdan xarid qilish mumkin.
Mol go‘shti
26 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha
1 kg. mol go‘shtini 26 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotib olish mumkin. Ushbu narx o‘tgan haftalarga qaraganda arzonlashganini ko‘rsatadi.
Eng arzon narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida. 1 kg. mol go‘shtining narxi 26 000 so‘mdan boshlansa, eng qimmat narx 40 000 so‘mgacha.
Poytaxtimiz markaziy bozorlarida 1 kg. mol go‘shtini 28 000 so‘mdan 38 000 so‘mgacha xarid qilish mumkin.
Qo‘y go‘shti
28 000 so‘mdan 44 000 so‘mgacha
Bu haftada narxlar o‘zgarishsiz qolgan.
Poytaxt bozorlarida 1 kg. qo‘y go‘shti 28 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha sotilmoqda.
Eng arzon narx Toshkent shahridagi «Farhod» bozorida 1 kg. qo‘y go‘shti 28 000 so‘mdan 39 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narx Andijondagi Yangi shahar bozorida 1 kg. qo‘y go‘shti 42 000 so‘mdan 44 000 so‘mgacha.
Tovuq go‘shti
13 000 so‘mdan 20 000 so‘mgacha
Tovuq go‘shti mamlakatimiz bozorlarida biroz qimmatlashdi.
Eng qimmat narx Farg‘ona Markaziy dehqon bozorida 18 500 so‘mdan 20 000 so‘mgacha.
Eng arzon narx Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida 12 000 so‘mdan 18 000 so‘mgacha.
O‘tgan haftada ushbu bozordan 1 kg. tovuq go‘shtini o‘rtacha 11 000 so‘mdan 15 000 so‘mgacha bo‘lgan narxlarda xarid qilish mumkin edi.
Poytaxt bozorlarida 1 kg. tovuq go‘shti o‘rtacha 17 000 so‘mdan sotilmoqda.
Guruch
3 500 so‘mdan 14 000 so‘mgacha
Bu haftada ba’zi bozorlarda guruch narxi biroz qimmatlashdi.
Eng qimmat narx Toshkent shahridagi Qo‘yliq dehqon bozorida 4 700 so‘mdan 14 000 so‘mgacha.
Eng arzon narx Toshkent shahridagi Farhod dehqon bozorida 3 500 so‘mdan 10 000 so‘mgacha.
Kartoshka
1 100 so‘mdan 3 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Toshkent shahridagi Chorsu dehqon bozorida 1 100 so‘mdan 2 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida 2 000 so‘mdan 3 000 so‘mgacha.
Piyoz
500 so‘mdan 1 500 so‘mgacha
Eng arzon narx poytaxt markaziy bozorlarida 500 so‘mdan 1 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narx Andijon viloyatidagi Yangi shahar bozorida 1 250 so‘mdan 1 500 so‘mgacha.
Sabzi
800 so‘mdan 2 500 so‘mgacha
Eng arzon narx Toshkent shahridagi Farhod dehqon bozorida 800 so‘mdan 2 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narx Qarshi shahri «Yerqo‘rg‘on» dehqon bozorida 2 000 so‘mdan 2 500 so‘mgacha.
Pomidor
3 000 so‘mdan 11 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Toshkentdagi Yunusobod dehqon bozorida 3 000 so‘mdan 5 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narx Nukus Markaziy dehqon bozorida 5 000 so‘mdan 11 000 so‘mgacha.
Bodring
4 000 so‘mdan 13 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida 4 000 so‘mdan 4 500 so‘mgacha.
Eng qimmat narx Navoiy shahri «Sahovat» MChJga qarashli Markaziy dehqon bozorida 11 000 so‘mdan 13 000 so‘mgacha.