Oila

Otaning qizalog‘iga g‘amxo‘rligi tasvirlangan suratlar barchani ta’sirlantirdi

Ukrainalik rassom Snejana Sush tomonidan ota va uning yosh qizalog‘i o‘rtasidagi munosabatlar aks etgan go‘zal va ta’sirli suratlar ayni kunda ijtimoiy tarmoqlarda, ommaviy axborot vositalarida ommalashib bormoqda.

Bahaybat otaning jajjigina dilbandiga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligi: yirik barmoqlarning soch o‘rib qo‘yishi, teatr namoyish qilishi, otaning qizi bilan birga o‘ynashi ko‘pchilikni to‘lqinlantirib yubordi.

"Men har doim o‘z otamning menga ko‘rsatgan mehribonliklarini tasvirlash niyatida yurar edim. Otam doimo o‘zini menga yaqin olib, otalik mehr-muhabbatini izhor qilishga urinar, ammo doim ham uddalay olmas edi. Garchi yosh bo‘lsam ham, otamning bu xatti-harakatlarini tushunar, uni yanayam qattiqroq yaxshi ko‘rar edim," deydi Snejana Huffington Post nashriga bergan intervyusida.

Bu suratlarga qarab turib erkaklarga xos mehribonlik, mushfiqlik va xokisorlik yuqori darajadagi mahorat bilan tasvirlanganini his qilish mumkin.

  1. Qo‘riqchi ota: "Mizg‘ib orom ol, qizalog‘im, men yoningdaman!" 

оталик

2. Otalarga xos beqiyos g‘amxo‘rlik: "Hayotning eng yaxshisi doim seniki bo‘lsin, dilbandim!"

 оталик

3. Chinakam "san’atkor" ota: "Teatrda son emas, tomoshabinning kimligi muhim!"

оталик

4. Kuchli ota: "Tog‘lardan ham baland boshing ko‘kka yetsin, qizim!"

 оталик

5. "Tengdosh" ota: "Hayotda mendan ham omadlikroq bo‘lishing men uchun baxt, qizim!"

оталик

6. Otalarining yonida barcha qizlar o‘zlarini kuchli his qiladilar!

оталик

7. Qizi bilan o‘ynayotgan otaga hamma narsa yarashar ekan!

меҳрибон ота

8. Otalarga doimo qizlarining ilk o‘quvchisi bo‘lish baxti nasib qiladi. 

оталик

9. Shubhasizki, noqulaylik ichida o‘rilgan soch turmagi hayotning eng go‘zal xotirasiga sabab bo‘ladi. 

оталик

10. "Men uchun doimo aziz va qadrli bo‘lib qolasan, qizim!"

оталик