Bilasizmi?

Osiyo chempionati: O‘zbekiston U-16 termasi KXDR o‘smirlarini mag‘lub qilib, guruhda 1-o‘rinni egalladi (Video)

Hindistonda davom etayotgan 16 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati guruh bosqichi yakunlandi. Guruh bosqichining so‘nggi o‘yinida O‘zbekiston o‘smirlar termasi KXDRlik tengdoshlari bilan o‘zaro bahs olib bordi.

Qiziqarli va gollarga boy kechgan o‘yinda vakillarimiz 3:1 hisobida zafar quchishdi. Dastlabki bo‘limda hisob ochilmagan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘lim gollarga boy bo‘ldi.

O‘yinning 49-daqiqasida darvozabon Jasurbek Umrzoqov gol muallifiga aylandi. 62-daqiqada Rasul Yo‘ldoshev hisobni oshirdi. 68-daqiqaga kelib jsa Ibrohim G‘anixonov hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

75-daqiqada KXDR U-16 termasi hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi va ushbu gol o‘yinda so‘nggisi bo‘ldi. Guruh bosqichida barcha o‘yinlarda zafar quchgan O‘zbekiston o‘smirlar termasi 9 ochko bilan “D” guruhida 1-o‘rin bilan pley-off bosqichiga chiqdi.

Navbatdagi bosqichda Temur Olimxo‘jayev shogirdlari Iroq o‘smirlar termasiga qarshi bahs yuritadi.

U-16 Osiyo chempionati

“D” guruhi, 3-tur

KXDR U-16 – O‘zbekiston U-161:3

Gollar: Jasurbek Umrzoqov 49, Rasul Yo‘ldoshev 62, Ibrohim G‘anixonov 68, Ri Kang Guk 75