"Tishing sog‘lom – iching sog‘lom”, degan naql bor xalqimizda. Sog‘lom tish istara bezagi, uzoq umr garovi. Tishlarimiz bilan bog‘liq muammolarni kamaytirish uchun biz ularning gigiyenasiga alohida ahamiyat berishimiz va quyidagi tavsiyalarni bajarish kerak bo‘ladi.
Sut ichgandan so‘ng tishni yuving
Sut tarkibidagi laktoza tish emalining tez yemirilishini ta’minlab beruvchi vositadir. Shuning uchun sut ichgandan so‘ng tishlaringizni iliq suv bilan albatta yuvishni maslahat beramiz.
Tishni ovqatdan oldin yuvish lozim
Tishlarni ovqatlanishdan keyin emas, aksincha, undan oldin yuvish kerak. Bu tish emalini mustahkamlaydi. Agar siz tishlaringizni ovqat iste’mol qilib bo‘lib yuvishni ma’qul ko‘rsangiz, unda bu ishni ovqatdan so‘ng 1 soat o‘tgach amalga oshiring. Chunki, shu vaqt o‘tgach og‘iz bo‘shlig‘ida nordon ta’m paydo bo‘la boshlaydi. Agarda bu jarayonni 1 soat o‘tmay amalga oshirsangiz foydasi bo‘lmaydi, negaki nordon ta’m 1 soat o‘tgach baribir seziladi.
Tishlar faqat oppoq bo‘lishi kerakmi?
Tishlarning patologik sarg‘ayishi yaxshi emas. Ammo haddan ziyod oq tishlar ham to‘liq sog‘lom bo‘lmaydi. Gap shundaki, mustahkam va sog‘lom emal o‘z tarkibida barcha zarur minerallarni jo qiladi. Bu esa uning sarg‘ish tusga kirishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun sarg‘ish rangli tishlar oq tishlarga nisbatan mustahkamroq bo‘ladi.
Og‘izni chayuvchi suyuqliklar qanday bo‘lishi zarur
Bunday suyuqlik tarkibida spirt bo‘lsa bu tavsiya ham noto‘g‘ri. Afsuski, hozirgi kunda 90 foiz og‘iz chayish uchun mo‘ljallangan suyuqliklar spirtdan iborat. Bu og‘izning shilliq qavatini quritib yuboradi. Tishlarga zarar keltiradi. Ularning o‘rniga qaynatilgan iliq suv bilan og‘zingizni chayishni maslahat beramiz.