Ayrim paytlarda onamizga bo‘lgan haqiqiy munosabatni aniqlashimiz uchun o‘z-o‘zimizga ayrim savollarni berishimiz lozim. Quyida shunday savollar keltirilgan:
- Oxirgi marta qachon o‘z onangizni ziyorat qildingiz?
- Onangiz siz bilan baxtli deb o‘ylaysizmi?
- Onangiz sizga murojaat qilganida, “Uff!” deganmisiz?
Parvardigoringiz, Uning O‘ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onangizning) yoki har ikkisi sening qo‘l ostingda kesalik yoshiga yetsalar, ularga qarab “uf” tortma va ularning (so‘zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so‘z ayt! Ular uchun, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut – xokisor bo‘l va “Parvardigorim, meni (ular) go‘daklik chog‘imdan tarbiyalab-o‘stirganlaridek, sen ham ularga rahm-shafqat qilgin”, deb (haqlariga duo qil)!
Qur’on 17:23-24
- Onangiz nimani haqiqatan istayotganligini bilasizmi?
- Onangizning onalari haqida qancha ma’lumot bilasiz?
- Onangiz siz qilishizni istaydigan besh narsa nima bo‘lishi mumkin?
Abdulloh ibn Amr Payg‘ambarimizdan s.a.v. rivoyat qiladiki, u zot alayhissalom dedi: “Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish, odam o‘ldirish va yolg‘on guvohlik berish katta gunohlardandir”. (Buxoriy, Muslim)
- Onangizni hafa yoki hursand qiladigan 3 narsa nima?
- Onangiz bilan har kuni necha daqiqa “haqiqiy” suhbat qilasiz?
- Oxirgi marta qachon onangiz uchun taom tayoorlagansiz?
- Qachon oxirgi marta onangizga sovg‘a hadya qildingiz?
Oisha r.a. rivoyat qiladilarki, Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. dedilarki: “Bir biringiz bilan sovg‘a almashinglar, ular dildagi yomon tuyg‘ularni ketkazadi” (Termiziy)
Qancha savolga ijobiy javob bera oldingiz? Vaqtni bekor sarflamasdan, ularni oldilariga boring, ko‘ngillariga hush yoquvchi ishlarni qilib, duolarini oling.
““Endi onajonim hayot emas, bu savollardan nima foyda?” deysizmi? Ular uchun Qur’on tilovat qiling, ularni do‘st-birodarlarini ziyorat qiling, o‘z onangizni ko‘rgandek bo‘lasiz. Alloh sizdan rozi bo‘lsin!
[мессаге тйпе="инфо" титле="Маълумот"] Ushbu maqola ayol.uz saytida 27 Avgust 2007 yil chop etilgan bo‘lib sayt arxividan olindi.[/мессаге]