Bilasizmi?

Omadning sakkiz sababi

Hayotda har birimiz baxtli, omadli inson bo‘lishni istaymiz. Buning uchun o‘qiymiz, o‘rganamiz, mehnat qilamiz. Nima deb o‘ylaysiz, muvaffaqiyatga erishishning tilsimi mavjudmikan?

Doimiy ravishda yaxshiroq narsalarni orzu qilish va unga erishish insonlargagina xos bo‘lgan xususiyatlardandir. Masalan, bular qatorida mansab pilla poyalaridan muvaffaqiyatli olg‘a ildamlash, salomatlik, insonlar bilan yaxshi munosabatda bo‘lish va h.k lar shular jumlasidandir. Ushbu maqsadlarga erishish uchun bizdan kuch sarflash va unumdorlikka yetaklovchi odatlarni rivojlantirish talab etiladi.

Har birimiz o‘z maqsadlarimizga erishishga qodirmiz. Shunday ekan nima uchun hammamiz muvaffaqiyatga erisha olmaymiz? Buning siri – o‘zimizda ba’zi odatlarni shakllantirishdan iboratdir, shunday qilsangiz omad va muvaffaqiyat kalitiga erishasiz!

Sakkiz qadamli yo‘l

Hayotning har jabhasi: u hoh hayot, hoh ish va yoki mansab bo‘lsin odatlarimiz kelajagimizni yaratishda asosiy vazifani bajaradi. Quyida keltirilayotgan sakkiz xil odat sizni muvaffaqiyat sari yetaklaydi…

1. Sabrli bo‘ling

Nimagadir erishmoqchi ekansiz, ishtiyoqqa ega bo‘lishingiz darkor. Ishtiyoqlilik maqsadlaringizga yetishishingizda sizga kuch bahsh etadi va unga erishishingizga yordam beradi. Bajarayotgan ishingizni yaxshi ko‘rishingiz – muvaffaqiyatga erishish kalitidir.

2. Kuchingizni real baholang!

Aytishlaricha, inson kuchi va imkoniyatini boshqalarga qaraganda yaxshi biladi. Shunday ekan, sizdan boshqa kim ham istaklaringizdan xabardor bo‘lmog‘i kerak? Eng yaxshi bajara oladigan ishingizni aniqlang va uni bajaring, muvaffaqiyat sizning ortingizdan o‘zi quvadi.

3. Qattiq ishlang!..

Hech narsaga osonlikcha erishilmaydi. Astoydil mehnat, davomiylik, o‘zini bajarayotgan ishga bahsh etish – muvaffaqiyatingizning asosiy qismlaridandir. Astoydil mehnat va yutuqlarga erishish uchun ketkazilgan vaqt unumdorlik bilan foydalanilgan hisoblanadi va kelajakda bunga yarasha yutuq bilan taqdirlanasiz. Shuning uchun kutayotgan natijangizni qilayotgan mehnatingiz bilan taqqoslay bilishingiz lozim.

4. O‘zgalarga ustozlik qiling!

Muvaffaqiyatingizga oid bilimlaringizni boshqalar bilan baham ko‘ring. O‘zingizning bilimingizni boshqalarga ham o‘rgating. O‘zgalarga yordam berish juda muhim. Biznesingizda siz bilan birgalikda faoliyat yurituvchi insonlarga muvaffaqiyatingiz haqida berilgan ma’lumot unumdorlikni oshirishga yordam beradi.

5. Maqsadlarni faollik bilan belgilab oling!

Maqsadlaringizni belgilab olmas ekansiz, buyuk natijalarga qanday qilib erishasiz? Qadriyatlar va ishtiyoqingiz baland bo‘lgan yo‘nalishlarga qarab maqsadlaringizni belgilab oling. Undan keyin maqsadingizga erishish qo‘lingizda bo‘ladi. Muvaffaqiyatga erishishda aniq reja belgilab olish. Qanday qilib asosiy maqsadingizga erishishingiz mumkin? Maqsadingizni qadamlarga bo‘lib taqsimlab chiqing.

6. Aniq muddat belgilab oling!

Muvaffaqiyatga erishishning aniq muddatini belgilab olmasangiz, uni amalga oshish vaqtini qanday belgilaysiz? Haqqoniy bo‘lish bu yerda muhim hisoblanadi. Muvaffaqiyatga erishish jarayoni qancha vaqt oladi? Barcha jarayonlarni amalga oshirish uchun o‘zingizga yetarlicha vaqt bering.

7. Ustuvor maqsadlarni belgilab oling!

Maqsadlaringiz orasida ustuvorlarini belgilash juda muhim. Bir necha vazifalarni bajarishingiz kerak bo‘lganida, qay birini birinchi yakunlash kerakligini aniqlash zarur. Vazifalar orasidan birinchi bo‘lib dolzarblarini bajaring. Uni bajarib bo‘lgach, muvaffaqiyatingizga erishish uchun yanada yaqinlashasiz. Dastlab eng murakkab ishni bajarish ham juda muhim. Kun davomida g‘ayratingiz kamayib borishi aniq. Qiyin ishni kun oxiriga qoldirsangiz, u bajarilmay qolib ketishi mumkin.

8. Tavakkalchilikka qo‘l uring!

Tavakkalchiliksiz yutuq mavjud emas. Muvaffaqiyatli bo‘lish tavakkalchilikka qo‘l urish demakdir. Ammo hamma tavakkalchiliklar ham ijobiy natijaga olib bormaydi. Unga qo‘l urar ekansiz, muhim bo‘lgan o‘rganish jarayonida kerakli malakaga ega bo‘lasiz.

Demak, muvaffaqiyatga erishish ham ma’lum odat va ko‘nikmalarni talab etar ekan. O‘ylaymizki, yuqorida keltirilgan sakkiz xil odat baxt va omadga erishishingizda sizga yordam beradi.

Manba: Tafsilot.uz