Omadli odamlar hech qanday sehr-jodu ishlatmaydi. Ular shunchaki tushkunlikka asir bo‘lmaydi, ular o‘z hayotlarini nazorat qila oladi va ertanga kuni bugungidan ko‘ra yaxshi bo‘lishi uchun intiladi. Ular eng yaxshi, eng kuchli bo‘lishga intiladi, maqsadni aniq qo‘yib, mehnatdan qochmaydi. Muvaffaqiyatlarining asosi ham shunda. Mutaxassislar omadli insonlarni obdon o‘rganib, ularga xos quyidagi qoidalarni qayd etishdi.
1. Omadli odamlar yomon narsa haqida o‘ylashmaydi. Aslida, sizu biz to‘qnash kelgan yomon narsalar o‘y-fikrlarimiz mahsuli. Ular tez xulosa chiqarish to‘g‘ri emasligini ham yaxshi bilishadi. Ular odamlardan shubhalanishmaydi(“Bordiyu unga yoqmasam, men haqimda nima deb o‘ylaydi”, degan fikrga bormaydi). Balki odamlarning ishonchini qozonish uchun bor iqtidorini ishga soladi.
2. Omadli odamlar hech qachon yolg‘on gapirishmaydi. Sarob sanalmish yolg‘onlardan yiroq va xotirjam yashashga intilishadi. Agar inson pozitiv bo‘lsa, u odamning ko‘ziga tik qarab, gaplashadi. Muammolarini hal qilish uchun o‘zlarini oqlashmaydi.
3. Omadli odamlar xafagarchiliklarni yurakda uzoq ushlamaydi. Chunki ular qalbdagi gina-kudurat, xafagarchilik salbiy xissiyotlarga sabab bo‘lishini yaxshi bilishadi. Shuning uchun xafagarchiliklarni darrov unutishga, voqeaning mohiyatini anglab, uni esdan chiqarishni odat qilishadi.
4. Ular mayda detallarni doim esda tutishadi. Ma’lumki, hayotdagi uncha-muncha mayda voqea-xodisalar oson unutiladi. Biroq omadli insonlar bunday qilishmaydi. Ular o‘zining buyuklikka erishishiga hissa qo‘shgan har qanday yaxshilikni qadrlaydi, yodda tutishadi. Va omad ana shunday yaxshiliklar yig‘indisi ekanini yaxshi bilishadi.
5. Omadli odamlar o‘z ishiga doim mas’uliya bilan qarashadi. Ular o‘z baxtining me’mori o‘zlari ekanini, o‘zlari bilan bog‘liq barcha narsalarga o‘zlari javob berishi shart ekanini yaxshi bilishadi. Omadli odamlar hech qachon kechikishmaydi, avtomobillar tirbandligini bahona qilib, o‘zini oqlashga urinishmaydi.
6. Omadli odamlar uchun muammoning o‘zi yo‘q. Ular muammolarni odamlarning o‘zi chaqirib oladi, deb hisoblashadi. Shuning uchun hayot murakkabliklari haqida ortiqcha bosh qotirishmaydi. Ular hayotdagi turli g‘ov-to‘siqlarni yengib o‘tig eng yaxshi narsalarga erishitirishini yaxshi bilishadi. Ular o‘z mehnatlari qadriga yetishadi va imkoniyatlarini yanada kengaytirishga intilishadi.
7. Omadli odamlar qiyin vaziyatlarga tez moslashadi. Ko‘pchilikning fikricha, hayot barbod bo‘lgan umidlar, omadsizlikka uchragan g‘oyalar daydib yuradigan singan taqdirlarning makoni. Biroq omadli odamlar imkonsiz narsa yo‘qligini, har qanday vaziyatda inson o‘ziga mos sharoitni yaratish mumkinligini yaxshi bilishadi.
8. Omadli odamlar “hech narsa”dan hech narsa chiqmaydi, deb hisoblashadi. Ular qilingan og‘ir va mashaqqatli mehnatlari, kun kelib, albatta, mukofotlanishini kutib o‘tirishmaydi. Ular qat’iy va bir maromdagi intilishlari bilan maqsad cho‘qqisini zabt etishadi. Ular muvaffaqiyat haqida ko‘p o‘ylashmaydi, balki o‘ylaydigan vaqtlarini ham mehnatga sarflashadi.
9. Omadli odamlar umidsizlikka berilmaydi, zerikishmaydi ham. Eslab qoling, ijod va ilhom zerikish sababli barbod bo‘ladi. Omadli odamlar esa tevarak-atrofdan ilhom oladi, ruhlanadi va katta ishtiyoq bilan o‘rganadi.
10. Omadli odamlar o‘z imkoniyatini yuqori baholaydi. Ular o‘zlarini boshqalar bilan qiyoslab, solishtirib o‘tirishmaydi, balki har kimda har turli o‘ziga xos kuch va qobiliyat bor, deb hisoblashadi. Ular qarama-qarshi tomonga, boshqalarning ishiga ortiqcha ahamiyat berishmaydi. Bor diqqat-e’tiborlarini o‘z ishlari va o‘z rejalariga qaratadi.
11. Ular omadsizliklardan ortiqcha azob chekishmaydi. Pozitiv kayfiyat egalariga omadsizliklar chikora. Ular muvaffaqiyatsizlikdan saboq chiqarishadi. Keyingi yutuqlar yo‘lidagi ko‘makchi, deb hisoblashadi.
12. Omadli odamlar uchun harakat ayni lahzadan boshlanadi. Ular o‘tmishga ko‘p ham qarayverishmaydi. Yakunlangan ishlar va ideallar, muvaffaqiyatlar endi foydasiz ekanini yaxshi bilishadi. Masalan, siz bugungi kun sport bilan shug‘ullanishni boshlash yoki umuman boshqa ishlar starti uchun juda yaxshi kun ekanini o‘ylaysiz. Ularning fikricha esa, biror narsani boshlash uchun ideal vaqt degan tushucha mavjud emas. Anglash kerakki, aynan hozir, ayni lahza har ishni boshlashning eng yaxshi vaqti.
13. Ular bekorchilar bilan vaqt o‘tkazishmaydi. Omadli odamlar o‘z atrofiga pozitiv ruhiyat egalarini, intiluvchan insonlarni to‘plashga, ana shundaylar bilan muloqot qilishga intilishadi. Ular atrofidagilarning eng yaxshi, eng kuchli, namunali bo‘lishi uchun ko‘mak berishadi.
Bular "omadli" degan nisbatga, ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan insonlarning qoidalari. Ehtimol, ular orasida o‘zingizdagi mavjud qarashlarni ham topgandirsiz?! Har holda o‘zini omadli sanovchi har qanday odamning tutumlari bu qoidalarning ayrimlari bilan o‘xshash ekani tabiiy hol. Qolganlarini o‘zlashtirish uchun esa hozir vaqtingiz bor. Axir, omadli odamlar aytishdi-ku, "har ishni boshlash uchun eng yaxshi fursat - ayni lahza", deb.
Internet manbalari asosida tayyorlandi.