Bilasizmi?

Olti oyda 10 mingga yaqin o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini qabul qildi

Joriy yilning yanvar-iyun oylari oralig‘ida 10 mingga yaqin o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini qabul qildi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligining statistika ma’lumotlariga tayangan holda tarqatilgan xabarlarda aytilishicha, bugungi kunda migratsion ro‘yxatga olingan o‘zbekistonliklar soni 2 million 200 ming nafarni tashkil qiladi. Ulardan 75 ming nafari Rossiyada doimiy yashash ruxsatnomasiga ega.

Avvalroq oxirgi besh yilda Rossiya fuqaroligini qabul qilayotgan o‘zbekistonliklar soni ikki barobarga ko‘paygani xabar qilingan edi.

Masalan, 2012 yilda 13 ming 400 nafar o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini qabul qilgan bo‘lsa, 2017 yilda ularning soni 23 ming 300 kishini tashkil qilgan.

O‘zbekiston Rossiya fuqarolgini qabul qilayotgan odamlar soni bo‘yicha 5-o‘rinni egallamoqda.

2017 yilda birinchi to‘rt o‘rinni Ukraina (85,1 ming odam), Qozog‘iston (40,7 ming), Tojikiston (29 ming) va Armaniston (25,1 ming) egallagan.