Bilasizmi?

Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Hasanboy Do‘smatov "Oltin Mangust" xalqaro mukofotiga loyiq topildi

Boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Hasanboy Do‘smatov va boks murabbiyi Ravshan Xo‘jayev "Oltin Mangust" xalqaro mukofotiga loyiq topildi. Bu haqda Uz24.uz yozmoqda.

"Oltin Mangust" - xalqaro mukofoti jahon maydonlarida yuksak natijalarga erishgan sportchilarni sharaflash, sport an’analarini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzi va sport rivoji hissa qo‘shgan murabbiylar, faxriylarni e’zozlash maqsadida tasis etilgan.  Ushbu mukofotga 2009 yili asos solingan. 2012 yildan buyon mukofot xalqaro miqyosda beriladi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatidan xabar berilishicha, "Oltin Mangust - 2016" laureatlarini taqdirlash marosimi 2 dekabr kuni Odessa shahrida bo‘lib o‘tadi. Hasanboy Do‘smatov va Ravshan Xo‘jayev sovrin topshiriladigan gala-konsertda ishtirok etish uchun 1 dekabr kuni Odessa shahriga jo‘nab ketishdi.