Rioda yozgi Olimpiada o‘yinlari davom etmoqda. Uning uchinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar quyidagi natijalarni qo‘lga kiritishdi:
Anton Fokin - Sport gimnastikasi. Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda saralash bosqichdanoq ishtirokini yakunladi.
Vadim Skorovarov – Pnevmatik miltiqdan o‘q otish. 620.9 ball bilan 28-natijani qayd etdi va saralashdan o‘ta olmadi.
Mirali Sharipov – Dzyudo. -73 kilogramm vazn toifasining 1/32 finalda gollandiyalik Elmont Deksga imkoniyatni boy berdi.
Rustam To‘laganov – Boks. 1/16 finalida ekvadorlik Xulio Kastiloni yengdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Hasanboy Do‘stmatov – Boks. 46-49 kilogramm vazndagi bokschilar bahsida meksikalik Xoselito Velaskesni yengib, navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
Ra’noxon Omonova – Suzish. 200 metrga kompleks usulda suzish bahsida o‘z guruhida so‘nggi bo‘lib marraga keldi.
Manba: Kun.Uz