Bilasizmi?

Olimlar uzoqdan yaxshi ko‘ra olmaslikka aslida nima sabab bo‘lishini aniqladi

Olimlar ko‘p yillar davomida miopiya yoki uzoqni yaxshi ko‘ra olmaslikning kelib chiqish sabablarini o‘rgandi, deb yozadi Sof.uz. Ma’lum bo‘lishicha, na genetika, na zamonaviy kishilarning ko‘p vaqtni kitob o‘qib va elektron qurilmalar qarshisida o‘tkazishi kasallik yuzaga kelishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Olimlar ta’kidlashicha, uzoqni yaxshi ko‘ra olmaslik kunduzgi yorug‘lik yetishmasligidan paydo bo‘ladi. Hozirda odamlar juda kam vaqtini ko‘chada o‘tkazadi, aynan shu narsa miopiya kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Miopiya ko‘z qorachig‘i cho‘zilib, tasvir fokusi ko‘z to‘r pardasi ichida emas, uning old qismida aniqlanishi natijasida kelib chiqadi. Kunduzgi yorqin yorug‘lik ta’siri ostida ko‘z to‘r pardasi dofamin ishlab chiqadi, uning yetishmasligi esa ko‘z qorachig‘i cho‘zilishiga olib keladi.

Shifokorlar hisob-kitoblariga ko‘ra, yaxshi ko‘rish qobiliyatini saqlab qolish uchun kishi bir kunda kamida uch soat vaqtni 10 ming lyuks yorug‘likda (quyosh nuri yorqinlik darajasi) o‘tkazishi kerak, binoning ichidagi eng kuchli yorug‘lik esa odatda 5 ming lyuksdan oshmaydi.