Avstraliyalik shifokorlar hozirgi kunda keng tarqalgan o‘tirib ishlashning xataridan bong urmoqda. Ularning tadqiqotiga ko‘ra, o‘tirib ishlaganlarda ichak saratoniga chalinish xavfi ikki barobar ortadi. Bundan tashqari o‘tirib ishlaganlarning qonida qand miqdori ortib ketadi.
Shu bilan birga qisqa mudddat o‘tirib ishlash salomatlik uchun uncha xavfli emas. Ko‘p yil mobaynida o‘tirib ishlaganda esa ichak faoliyati yomonlashadi, qon aylanishi buziladi. Hattoki, muntazam sport bilan shug‘ullanish ham bu xavfni kamaytirmasligi mumkin. Jismoniy faoliyat organizm uchun foydali bo‘lsa-da, saraton xavfi oldida ojiz.
Eslatib o‘tamiz: har yili shifokorlar 40 ming insonda ichak saratonini topadi.
Manba: Sof.uz