Bilasizmi?

Oldin kesgan bo‘lsak, endi ekamiz. Yo‘llar bo‘yiga daraxt o‘tqaziladi

O‘zbekiston hukumati O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan Fanlar akademiyasining botanika instituti birgalikda, shuningdek, boshqa bir qator muassasalarga sentyabrning oxirigacha avtomobil yo‘llari bo‘ylab daraxt o‘tqazish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishni topshirdi. Bu daraxtlar yo‘l qoplamasini shamol eroziyasidan, sizot suvlardan, qor va qum ko‘chmalaridan himoyalashi rejalashtirilmoqda. Bu haqda carzone.uz sayti xabar qilmoqda.

Bu usul hozir ko‘plab Yevropa mamlakatlarida qo‘llanmoqda. Yevropada daraxtlar yo‘l qoplamasini pishiq tutishda yordam beradi. Qolaversa, daraxtlar estetik vazifani ham bajaradi.

Avtotrassa bo‘yiga o‘tqazilgan daraxt ortiqcha namlikni ketkazadi, agar u kesilsa, ko‘lmak yuzaga keladi. Bundan tashqari, yashil do‘stlarimiz zararli gazlarni o‘ziga yutadi, shovqindan tabiatni himoyalaydi, qishda qorni tutib qoladi.