Rossiyaga mehnat qilish uchun tashrif buyuradigan migrantlardan test olish Rossiya ta’lim vazirligi zimmasiga yuklatilishi mumkin, deb yozmoqda Sputniknews-uz.com.
Moskva hukumati Rossiyaga mehnat qilish istagida tashrif buyurayotgan chet elliklarni testdan o‘tkazish vazifasini yangi davlat organi zimmasiga yuklash masalasini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar qiladi "Izvestiya" nashri asosida Sputnik Tojikiston.
"Ta’lim vazirligi testlarni murakkablashtirmaslik tarafdori bo‘lsa-da, hozirda, har bir region testlarni mustaqil ravishda tuzmoqda, shu bois, u yoki bu regionda bu masala borasida talablar qanday bo‘lishi noma’lum", deb ta’kidladi hukumatdagi manba.
Bundan tashqari, test olish uchun to‘lanadigan to‘lov qiymatini belgilash ham Ta’lim vazirligi zimmasiga yuklatishi ehtimoli borligi aytilmoqda.
Test topshirish jarayonida qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan migrantlar esa jarima to‘lashga majbur etiladi, deb ta’kidlangan nashrda.
Test topshirgan chet elliklar orasida O‘zbekiston fuqarolari ko‘pchilikni tashkil qilgan(44%), undan keyin Tojikiston (23%), Ukraina (11%), Ozarbayjon (5%), Moldova(4%), Xitoy, Armaniston va Qirg‘iziston(3%dan) davlatlari turadi.