Bilasizmi?

«O‘zbektelekom» monopoliyasi cheklanadi

O‘zbekistonda barcha provayderlar uchun xalqaro tarmoqlarga bevosita kirishni erkinlashtirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda davlat rahbarining tegishli farmonida aytiladi.

Prezident Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga 2020 yil 1 yanvargacha «barcha operatorlarga xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlariga bevosita ulanishni erkinlashtirish imkonini beradigan» normativ huquqiy hujjatni tayyorlash vazifasini topshirdi. Bu «foydalanuvchilarga Internetdan foydalanish narxini pasaytirish» imkonini beradi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmatlarning eksport ulushini 2021 yilga qadar umumiy hajmdan 4 foizga oshirishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident AKT vazirligi rahbariyati ishdan olinishini izohlagandi.