Bilasizmi?

“O‘zbektelekom” bir oyda ikkinchi marta internet-kanallari tariflarini pasaytirdi

“O‘zbektelekom” AK bir oyda ikkinchi marta Xalqaro paketli kommutatsiya markaziga ulangan operatorlar va provayderlar uchun tariflarni pasaytirmoqda, deb xabar berdi kompaniya maibuot xizmati.

“9 avgust kuni “O‘zbektelekom” AK bosh direktori v.v.b Shuhrat Kadirov tomonidan mobil va mahalliy tarmoq aloqa operatorlari va provayderlariga cheklanmagan hajmdagi trafikning 1 Mbit/s uchun Uztelecom Internet-kanallari tariflarini 176 682 so‘mdan 169 065 so‘mgacha pasaytirish to‘g‘risida qaror imzolandi”, - deyiladi xabarda.

Bundan avval tariflarning pasayishi 19 iyul kuni e’lon qilingan. Unga ko‘ra tariflarning narxi 1 Mbit/s uchun 244 958 so‘mdan 176 682 so‘mgacha pasaytirilgan edi. Shunday qilib, narxlarning umumiy arzonlashishi 31% ni tashkil etdi.

Eslatib o‘tilishicha, har bir mobil aloqa operatori va provayder taqdim etuvchi xizmatlarining oxirgi iste’molchi uchun narxlarini mustaqil ravishda belgilaydi.