Bilasizmi?

O‘zbekneftgaz Xitoyga ko‘proq gaz yetkazib berishga kelishib oldi

“O‘zbekneftgaz” AJ va Xitoyning Xitoy Milliy neft-gaz korporatsiyasi (CNPC) vitse-prezidenti Xou Sitszyun boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

15 sentyabr kuni O‘zbekneftgaz bosh ofisida Tomonlar O‘zbekistonda qazib olingan tabiiy gazni qish mavsumi va 2019 yil mobaynida yetkazib berish, hamda “O‘zbekiston-Xitoy” gaz quvurining 4-liniyasi orqali tabiiy gazni yetkazib berish bo‘yicha masalalarni ko‘rib chiqdilar.

Uchrashuv davomida CNPC vitse-prezidenti Xou Sitszyun Mingbuloqdagi M-15 qudug‘ini sinovdan o‘tkazish natijalarini sabrsizlik bilan kutayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, Xitoy tomoni O‘zbekiston Respublikasining istiqbolli investitsiya bloklari bo‘yicha geologik-qidiruv ishlarini olib borish sohasidagi sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish taklifi kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston-Xitoy” gaz quvuri bo‘yicha loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilganligining 10 yil to‘ldi.

CNPC korporatsiyasi geologik-qidiruv ishlari, uglevodorod xom-ashyosini qazib olish va transportirovka qilish, hamda tabiiy gaz savdosi bilan bog‘liq investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi nafaqat O‘zbekneftgaz AJning uzoq muddatli va ishonchli hamkori, balki o‘zbek kompaniyalarining asosiy hamkoridir.