Bilasizmi?

«O‘zbekneftgaz» suyultirilgan gaz narxi nima sababdan oshganiga izoh berdi

Shu kunlarda iste’molchilarni suyultirilgan gaz bilan ta’minlashda muammolar kelib chiqayotgani haqida gaplar ko‘paymoqda, deb yozadi «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati.

O‘zbekiston tabiiy gaz zahirasiga boy ekanligi bilan mashhur. Gazni qayta ishlash texnologiyalarining keng tarqalishi esa undan foydalanish imkoniyatlarini yanada orttirdi. Masalan, bizda suyultirilgan gazni ishlab chiqish, saqlash va transportirovka qilish yechimi topilganidan so‘ng, u yoki bu sabablar tufayli gaz ta’minoti imkoniyati yo‘q olis va yetib borish qiyin bo‘lgan aholi punktlarini ushbu yoqilg‘i bilan ta’minlash sharoiti paydo bo‘ldi. Yengil, yuk va yo‘lovchi tashuvchi avtotransportlar ushbu muqobil va ekologik yoqilg‘iga o‘tkazilmoqda.

Iqtisodiyot sektorlari, aholi va avtotransport tomonidan iste’mol qilinadigan suyultirilgan gazning asosiy hissasi "O‘zneftgazqazibchiqarish" AJ korxonalarida ishlab chiqariladi. Masalan, Muborak gazni qayta ishlash zavodida propan-butan aralashmasini olishga mo‘ljallangan uchta qurilma mavjud bo‘lib, ular yiliga 280 ming tonna suyultirilgan gazni ishlab chiqarish quvvatiga ega. Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi yiliga 100 ming tonnaga yaqin suyultirilgan gaz ishlab chiqaradi. Umuman olganda, respublikada yiliga 800 ming tonnaga yaqin yuqori talabli mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Juda salmoqli hajm.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida talabning yuqoriligi va ta’minotning yetishmasligi suyultirigan gaz narxining oshishiga olib keladi. Shu tufayli, avtomobil gaz quyish shahobchalarida gaz narxining yuqoriligi borasidagi shikoyat va da’volar asosli va tushunsa bo‘ladigan.

Keling, bu masalani xolislik bilan hissiyotlarga berilmasdan ko‘rib chiqaylik.

Suyultirilgan gaz avtomobil gaz quyish shahobchalariga faqatgina birja savdolari orqali sotiladi. Ya’ni, "O‘zneftgazqazibchiqarish" AJ korxonalari ma’lum bir hajmda mahsulotni birja savdolariga chiqaradi va unda uning narxi shakllanadi. Shundan so‘ng, avtomobil gaz quyish shahobchalariga egalik qiladigan kompaniyalar va xususiy gaz to‘ldirish stansiyalari aholiga tijorat narxlarda sotish uchun harid qilingan suyultirilgan gazni ishlab chiqarish korxonalaridan avtomobil gaz quyish shahobchalariga yetkazib berish, saqlash va tarqatish uchun olib chiqadilar va o‘z tijorat narxlarini belgilaydilar. Bu holatda, qiymat bozor mexanizmlariga muvofiq shakllanadi, "O‘zneftgazqazibchiqarish" AJning ishlab chiqarish tannarxidan emas.

Unda nega narxlar tobora o‘sib bormoqda? Balki gaz quyish shahobchalari va xususiy gaz to‘ldirish stansiyalari egalari narxlarni ko‘tarib qo‘yayotgandirlar?

Javobni topish uchun savdo natijalari asosida shakllanadigan birja kotirovlari bilan tanishish zarur. Ko‘rinib turibdiki, shu yilning boshidan beri suyultirigan gazning bir tonna narxi doimiy ravishda pasayib borgan va aprel oyining birinchi haftasida 1 195 990 so‘mgacha yetgan. May boshida bu ko‘rsatkich biroz o‘sgan – 1 545 236 so‘mgacha. Biroq keyinchalik suyultirilgan gazning narxi jadallik bilan o‘sa boshlagan. 21 - 25 may kunlarida o‘tkazilgan savdolarda gaz qiymati 3 517 322 so‘mgacha ko‘tarilgan va iyun oyi boshida 3 666 414 so‘m ko‘rsatkichiga yetgan. Biroz vaqtdan so‘ng suyultirilgan gazning bir tonna narxi 6,2 foizga, ya’ni 3 439 823 so‘mgacha tushganday bo‘ldi. Biroq, bu pasayish keskin o‘sish bilan almashdi. Iyun va iyul oylari birja kotirovkalari natijalariga ko‘ra, gaz qiymati haftasiga 448,7 mingdan 605 minggacha qo‘shilib boraverdi va 16 – 20 iyul oyi kunlari o‘tkazilgan savdolarda gazning bir tonna narxi 5 524 608 so‘mni tashkil etdi.

Narxning keskin o‘sishiga nima sabab bo‘lmoqda? Mutaxassislar bir nechta sabablarni keltirmoqda, suyultirilgan gazning eksport qilinishi tufayli birja savdolariga qo‘yiladigan hajmning vaqtinchalik kamayishi shular jumlasidandir.

O‘z mashinalarini ekologik jihatdan tozaroq va benzinga nisbatan arzonroq yoqilg‘ida ishlaydigan qilib qayta jihozlagan avtomobil egalarining noroziligini tushunsa bo‘ladi. Ammo ayni paytda bir nechta jihatga e’tibor qaratish zarur. Birinchidan, suyultirilgan gazning salmoqli hajmi aholi ehtiyoji uchun imtiyozli narxlarda “O‘ztransgaz” AJning gaz ta’minoti bo‘yicha hududiy bo‘linmalari orqali ajratiladi.

Ikkinchidan, avtomobil gaz quyish shahobchalarining o‘zida tartib o‘rnatish zarur, chunki aynan gaz quyish shahobchalarida aholi ehtiyoji uchun imtiyozli narhda  ajratilgan gazni o‘g‘irlash holatlari yuqori. U yerdagi tartibni o‘rnatish "O‘zneftgazqazibchiqarish" AJ va “O‘ztransgaz” AJ xodimlari zimmasida emasligi aniq.

Albatta, suyultirilgan gazning birja savdolaridagi qiymatinining pasayishiga uning savdoga qo‘yiladigan hajmini oshirish orqali erishiladi deb aytish mumkin. Topshiriqqa muvofiq, 2018 yilning birinchi yarmida o‘tkazilgan birja savdolarida 181,7 ming tonna suyultirilgan gaz sotilgan va bu ko‘rsatkich 2017 yilning shu davri bilan solishtirilganda 26 foiz yoki 38 ming tonnaga ko‘p deganidir.

Mutaxassilarning baholashicha, suyultirilgan gaz qiymatining gaz quyish shahobchalaridagi keyingi o‘sishi dargumon, chunki hozirda suyultirilgan gazning benzin bilan narxi deyarli tenglashib qolgan. Bunday ketaversa, avtomobil egalari asosiy yoqilg‘i bo‘lgan benzinni afzal ko‘rishlari aniq. Ayniqsa, avvalgi yillardan farqli o‘laroq, 2018 yilda davlatimiz rahbariyati tomonidan iste’molchilarni respublikaning barcha xududlarida, uzoq va yetib borish qiyin bo‘lgan tumanlari shular jumlasidan, avtomobil benzini bilan ta’minlash borasida bir qator choralar ko‘rildi.

Endi aholiga maishiy ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan ishlab chiqarish tannarxidan pastroq qilib belgilangan suyultirilgan gazni sotish bilan bog‘liq savollarni ko‘rib chiqamiz. 20 kilogrammlik balonnni yetkazib berish hududiga qarab qiymati 6,5 mingdan 14,4 ming so‘mni tashkil etadi. 2018 yilning 1 avgustidan boshlab respublika bo‘ylab yagona qiymat o‘rnatiladi – bir kilogramm suyultirilgan gaz 800 so‘mga sotiladi. Keyinchalik uning qiymati tabiiy gazning aholiga sotish narxning o‘zgarishiga qarab o‘zgaradi.

Aholini maishiy gaz ballonlar bilan ta’minlash "O‘ztransgaz" AJ tomonidan bepul va uzoq muddatli ijara asosida amalga oshiriladi.

Aholi ta’minoti bo‘yicha muammoning ijtimoiy ahamiyatini inobatga olgan holda, asosiy e’tibor gaz quvurlari tizimi xizmatidan foydalana olmaydigan uzoq va yetib borish qiyin bo‘lgan aholi punktlariga qaratilgan. Hozirgi kunda, O‘zbekistonda suyultirilgan gazdan foydalandigan xonadonlar soni 2,9 million tashkil etadi.

Aholining asosiy shikoyati yetarli gaz ballonlaring vaqtida yetkazib berilmayotganidan iboratdir. Bunda muammolar hali to‘la bartaraf etilmagan. "O‘ztransgaz" AJ tuman bo‘linmalarining hammasida ham buyurtma va jadval bo‘yicha ishlash to‘g‘ri tashkil qilinmagan.

Xususan, tabiiy gaz yetkazib berish imkoniyati yo‘q qishloqlarda istiqomat qiluvchi aholi, ularning ehtiyojlari uchun tabiiy gaz ballonlarni ajratish taklifi bilan murojaat qilgan. Mutaxassilar joylarga chiqib, gaz ballonlarga bo‘lgan zaruriyat darajasini aniqlab, ular asosida maishiy gaz ballonlar ijara shartnomasi asosida aholiga ajratilgan.

Jami respublika bo‘ylab 2018 yilning birinchi yarmida aholi ehtiyoji uchun qo‘shimcha 208 ming dona maishiy gaz ballonlar ajratilgan.

Shu bilan birga, ayrim faktlardan umumiy xulosa chiqarish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Shunda, Namangan viloyati aholisiga suyultirilgan gaz ballonlarni yetkazishda ham muammolar kelib chiqayotgani haqida xabar tarqamoqda. Holbuki, 2018 yilning birinchi yarmida Namangan viloyati aholisiga 18,5 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan, bu degani, o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 13 foiz yoki 2,18 ming tonnaga ko‘proq. Muayyan aholi punktlari haqida gap ketayotgan bo‘lsa, unda har bir holatni alohida ko‘rib chiqish va qaror chiqarish zarur.