Bilasizmi?

O‘zbekneftgaz: fuqarolarga 200 litrdan benzin tarqatilishi haqidagi xabarlar yolg‘on

"O‘zbekneftgaz" AJ ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarga benzin tarqatilishi haqidagi xabarlarni rad etdi.

Ijtimoiy tarmoqlar va ba’zi messenjerlarda kompaniyaning 25 yilligi munosabati bilan barchaga 200 litrdan AI-95 markali benzin beriladi, mazmunida xabarlar paydo bo‘ldi. Xabarda maxsus kuponga havola ko‘rsatilgan bo‘lib, unda olti savolga javob berish va do‘stlar bilan bo‘lishish taklif etilgan.

"O‘zbekneftgaz" AJ ushbu xabarlarni rad etadi va fuqarolarni tarqatilayotgan turli ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqiradi. Kompaniya faoliyatiga oid barcha tasdiqlangan ma’lumotlar rasmiy sayt www.ung.uzda e’lon qilib boriladi, deyiladi xabarda.