O‘zbekiston Markaziy banki hisobotiga ko‘ra, mamlakat oltin-valyuta zaxiralari qariyb yarim milliard dollarga kamaygan.
O‘zbekistonning yalpi oltin-valyuta zaxiralari avgust oyida 27,3 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lsa hozir bu qiymat 26,8 mlrdga tushib qolgan.
Mamlakatning sof oltin-valyuta zaxiralari 25,9 mlrd dollarni tashkil etmoqda.
Bir oy avval bu qiymat 26,3 mlrd dollar bo‘lgan.
Markaziy bank izohiga ko‘ra, joriy yilning yanvar-avgust oylarida oltin-valyuta zaxiralarining pasayishi oltin narxining 1296,50 dan 1206,85 doll/tr.unsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga kelgan.
Xalqaro valyuta jamg‘armasining o‘tgan yilgi reytingida O‘zbekiston oltin-valyuta zahirasi ko‘p bo‘lgan yuz davlat orasida 26 milliard 600 million dollarlik ko‘rsatkich bilan 54-o‘rinni egallagandi.