2018 yil 1 iyul holatiga O‘zbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Joriy yilning iyun oyida yalpi oltin-valyuta zaxiralarining 463,1 mln AQSh dollariga pasayishi kuzatildi. Mazkur holat hisobot davrida asosan oltin narxining 1303,50dan 1250,55 doll./tr.unsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi. (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishiga ta’siri – 573,5 mln. doll.)
Oltin narxi pasayishi hisobga olinmaganda yalpi oltin-valyuta zaxiralari 110,4 mln. AQSh dollariga oshdi.
O‘zbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralari
mln.AQSh dollarida
Ko‘rsatkichlar | 01.01.2017 | 01.01.2018 | 01.04.2018 | 01.06.2018 | 01.07.2018 |
I. Yalpi oltin-valyuta zaxiralari | 26 428,8 | 28 076,9 | 28 494,0 | 28 123,6 | 27 660,5 |
1. Xorijiy valyutadagi aktivlar | 14 172,3 | 14 042,8 | 14 517,2 | 14 004,7 | 13 818,3 |
2. Monetar oltin | 12 256,6 | 14 034,1 | 13 976,8 | 14 118,9 | 13 842,2 |
II. Sof oltin-valyuta zaxiralari | 25 188,3 | 26 567,5 | 27 086,7 | 27 025,0 | 26 648,9 |