O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi 2018 yil birinchi yarmida O‘zbekiston bilan savdo hajmi eng yuqori mamlakatlar o‘ntaligini e’lon qildi.
Unda birinchi o‘rinni Rossiya egalladi. Ushbu davlat bilan savdo aylanmasi 2 826 mln dollarni tashkil etgan. Eksport - 1 022,4 mln dollar, import - 1 813 mln dollarga teng bo‘ldi. Bu mamlakatning umumiy savdo aylanmasidagi ulushi - 16 foiz.
Keyingi o‘rinda Xitoy bormoqda: savdo aylanmasi - 2 811,3 mln dollar, eksport - 1 304,6 mln dollar, import - 1 506,7 mln dollar. Umumiy savdo aylanmasidagi ulushi - 15,9 foiz.
Uchinchi o‘rinda Qozog‘iston joylashdi: savdo aylanmasi - 1 436,7 mln dollar, eksport - 701,4 va import – 735,3 mln dollar. Umumiy savdo aylanmasidagi ulushi - 8,1 foiz.
Keyingi o‘rinlardan Turkiya, Koreya, Afg‘oniston, Germaniya, AQSh, Latviya va Belarus joy oldi.
Vazirlik shuningdek, 2018 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston tomonidan eksport qilingan mahsulotlar ro‘yxatini ham e’lon qildi.
Eng ko‘p eksport qilingan mahsulotlar orasida birinchi o‘rinda tabiiy gaz, keyingi o‘rinlarda meva-sabzavotlar va ip-paxta mahsulotlari joylashgan.
Eksportning umumiy hajmi 7 793 421,1 ming dollarni tashkil etgan.