Bilasizmi?

O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi "Fenerbaxche"ga o‘tadi

Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi himoyachisi, o‘zbekistonlik Vitaliy Denisov qishki transfer chog‘ida Rossiya klubini tark etishi mumkin. Milliyet nashrining xabar berishicha, u Turkiyaning "Fenerbaxche" klubiga o‘tadi.

O‘zbekiston terma jamoasining 30 yoshli futbolchisining transfer bahosi uch million yevroni tashkil etishi mumkin. Denisovning "Lokomotiv" bilan amaldagi shartnomasi iyun oyida yakuniga yetadi.

Shu yil yozida Germaniyaning Transfermarkt.de sayti e’lon qilgan transfer bahosiga ko‘ra, Vitaliy Denisov O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi bo‘lgandi. Uning transfer narxi 6 mln yevro deb baholangan.