Bilasizmi?

O‘zbekistonlik tadqiqotchi: Islom Karimov 87 yil yashashi kerak edi

Men Atabayev Qadamboy 1977 yil 14 mayda tug‘ilganman. Xozirda  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani Bo‘ston shahar Iqbol mavzesida istiqomat qilaman. O‘zim birinchi guruh nogironiman. Oilaliman, uch nafar farzandim bor.

Davlatimizning birinchi prezidenti – Islom Karimovning vafoti har vatandoshimiz singari meni ham chuqur qayg‘uga soldi.

Mening hisob-kitoblarim bo‘yicha, Islom otamiz:

A) kamida 83;

B) o‘rtacha tarbiya bilan 85;

V) yaxshi tarbiya bilan 87 yil yashashi kerak edi...

Ular 78 yoshda vafot etishi mumkin emas edi; buni men uning ayoli va qizlari tug‘ilgan yillar, oy va kunlarga qarab, bir necha yil oldin hisoblab chiqqanman!

Hayron bo‘lmang: gap shundaki, ayrim farzandlarning ma’lum yil, oy va kunda tug‘ilishi ota-onaning necha yil yashashini belgilab berishini mumkinligini kuzatdim.

Ota-ona ayrim yillarda farzand ko‘rish sabab, 36 yil yashashi yoki 100 yilgacha yashashi mumkin!

Men bu gapim bilan bir narsani aytmoqchiman:

Ma’lum yillarda farzand ko‘rish sababli odamzod genini yaxshi yoki yomon tomonga o‘zgartirish mumkin!!!

Shunday yillar bo‘ladiki, (men bu yillarni “imkoniyat yillari” deb atadim) bunday yillarda qizi bo‘lgan erkak kamida 83, o‘g‘li bo‘lsa, yuz yil yashashi va umrining oxirigacha sog‘liq yo‘ldoshi bo‘lishi aniq!

Men deyarli yigirma yil davomida (o‘zlari bilmagan xolda) “imkoniyat yillari”da farzand ko‘rish sababli (shunday) imkoniyatga ega bo‘lgan bir necha o‘nlab yoshi 80-90-100 dan oshgan qariyalarni kuzatdim; ularning xech biri to umrining oxirigacha o‘z jismoniy va aqliy salohiyatlarini yo‘qotmaganlar va mehnat faoliyatini to‘xtatmaganlar. Misollar bilan aytsam:

Bizning tuman hududidagi Sarabiy ovulida yashagan Karimov Otahon (Po‘lot) ota yuz yoshigacha maktabda o‘qituvchilik qilgan.

“Qumbosqon” ovulida yashagan Sapura momo esa 113 yoshida ham mol-holga qarar ekanlar!

Men kuzatgan 83-87 yosh yashashi kerak bo‘lgan qariyalar ham to o‘ladigan kunigacha yotib qolmaganlar.

Albatta, istisnolar ham bo‘lib turadi: Toza Amirobod ovulida yashagan Mo‘min (SMP) bobo mening hisob-kitobimcha yuz yil yashashi kerak edi, lekin 98 yoshida vafot etdi, shundayam tik oyoqda!

Momosi bilan gaplashganimda, bu bevaqt o‘limning sababi ma’lum bo‘ldi: o‘z farzandining o‘limi boboga qattiq ta’sir qilibdi...

Demak, yurtboshimiz ham yurt dardi bilan yashab ko‘p zahmat chekkan bo‘lishlari mumkin.

Imkoniyat yilining yana bir o‘ziga xos tomoni borki, u ham bo‘lsa, bu yilda o‘z jinsidagi farzandli bo‘lgan ota yoki ona o‘zidagi turli kasalliklardan, hatto ayrim nasldan naslga o‘tuvchi kasalliklar xurujidan qutilganlar!

Mumkin, bu ota yoki ona kasaldan tashuvchiga aylanishgadir, lekin bu yillarda tug‘ilgan farzandlar mutlaqo sog‘lom tug‘ilganlar!

19 sentyabr kuni soat 16 - 16 : 30 chamasi “dunyo bo‘ylab” telekanalida ko‘p umr ko‘rish haqida bir ko‘rsatuv bo‘ldi.

Bu ko‘rsatuvni avval ham - Rossiya telekanallarida bir necha bor tomosha qilgan edim.

Amerikalik olimlar 90-100 yil umr ko‘rgan odamlarni kuzatganlarida, ularning ko‘pchiligi umri bo‘yi tamaki chekishgani, spirtli ichimlik ichgani, umuman jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanmaganini aniqlashgan.

Lekin ularning hammasi bir xil dori bilan emlangandek ekanlar, shuning uchun ham olimlar shunday xulosaga kelishibdi: bu qariyalarning organizmida qarish jarayonini pasaytiradigan - xujayralarning parchalanishining oldini oladigan genmi yo biror modda bor!

Va bu olimlar bu jumboqni ilmiy o‘rganish uchun davlat dasturiga kirgazish xarakatida ekanlar.

Biz shunday keskin ekologik vaziyatli hududda yashaymizki, ko‘pchilik qariyalarimiz pensiyaga chiqib 10-15 yil olishga ulgurmay vafot etishadi.

Lekin uzoq umr ko‘rish bo‘yicha “Gennisning rekordlar kitobi”ga talabgorlar ham bizda!

Men kuzatgan 83-100 yil yashagan erkak qariyalarning ko‘pchiligi shu yoshigacha tamaki chekishgan, hatto “qittay-qittay” urishgan ham. Ularda bir yosh yigitning kuchi ham borligiga ne deysiz?

Amerikalik olimlar bilan mening maqsadim yagona ekan: odamzod uzoq yashasin hamda sog‘lom bo‘lsin, to‘shakka mixlangan xolda yuz yil yashash kimga kerak?

Faqat farzand ko‘rish sabab, genni boshqarish mumkinligini isbotlashni xohlayman, eng oliy maqsadim esa, mening ko‘p yillik izlanishlarim asosida alohida davolash usuli ishlab chiqish va ba’zi – bedavo hisoblanmish irsiy (genetik) kasalliklarni davo topishdir!

Dunyodagi bunday davo usuliga muxtoj bemorlarning soni bir necha yuz million bo‘lsa, ajabmas?

Qadamboy Atabayev