Bilasizmi?

O‘zbekistonlik Sherali Mamajonov chempionlik kamari uchun jangda Benavidisga yutqazdi

E’tiborga molik jihati shundaki, boks oqshomida hamyurtimiz Sherali Mamajonov ham ringga ko‘tarildi. Uning raqibi amerikalik Devid Benavidis bo‘ldi. Bokschilar qit’alararo WBC chempionlik kamari uchun ringga chiqishdi.

Afsuski, 8 raundga mo‘ljallangan jangning ikkinchi raundida Mamajonov texnik nokautga uchradi. Bu paytda ikkinchi raundning birinchi daqiqasi to‘rtinchi soniyasi o‘tib borayotgandi. Referi Mora Rassel jangni to‘xtatishga majbur bo‘ldi, deb yozadi Sof.uz.

Ma’lumot uchun, Sherali Mamajonov professional faoliyatida bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda 16ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 14tasida g‘alabaga erishgan. Raqiblarini 8 bor nokautga uchratgan. Mag‘lubiyatlari soni ikkitaga yetdi.

Uning raqibi esa 17ta jangning barchasida zafar quchgan. Janglarning 16tasida raqiblarini nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan. O‘z vazn toifasida dunyoning 20 nafar kuchli bokschisi qatorida e’tirof etiladi.