Bilasizmi?

O‘zbekistonlik qariyalar MDHda eng uzoq umr ko‘ruvchi nafaqaxo‘rlar ekanligi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik oqsoqollar MDHda eng uzoq umr ko‘ruvchi pensionerlar ekan, deb xabar qilmoqla Nuz.uz nashri.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha umr uzoqligi ayollar uchun 75 yosh, erkaklar uchun 69,7 yoshni tashkil qiladi.

Mutaxassislar ushbu yoshdan nafaqaga chiqish yoshini olib tashlashdi. O‘zbekistonda bu erkaklar uchun 60 yosh, ayollar uchun 55 yosh. Natijada o‘zbekistonlik onaxonlar pensiya hisobiga o‘rtacha 20 yil, otaxonlar - 9,7 yil yashashi ma’lum bo‘ldi. Nafaqaxo‘rlarning umumiy yoshi esa – 29,7 yoshni tashkil qilib, MDHda eng yuqori natija bo‘ldi.

Rossiyada ushbu ko‘rsatgichlar 29,6 yoshni tashkil qildi: ayollar uchun 23,2 yoshni, erkaklar uchun esa 6,4 ikki yoshni tashkil qildi.

Uchinchi o‘rinni egallagan Belarusda nafaqaxo‘rlarning umumy yoshi 27 yoshni tashkil qildi. Ayollar uchun 21 yosh va erkaklar uchun – 6 yosh.

Qozog‘iston reytningning eng pastki qatoridan o‘rin oldi. Bu yerda nafaqaxo‘rlarning umumy yoshi 16 yoshni tashkil qildi. bu yerda erkaklar umr uzoqligi o‘rtacha 67 yosh, ayollar – 75 yoshni tashkil qiladi. Nafaqaga chiqish yoshi esa barcha uchun bir xil – 63 yosh.