Bilasizmi?

O‘zbekistondan Xitoyga gilos eksport qilina boshlandi

Xitoy karantin va bojxona xizmati tomonidan olib borilgan uzoq muzokara va tekshiruvlardan so‘ng, o‘zbek giloslari eksportiga ruxsat berildi. Bu haqda Daryo.uz xabar bermoqda.

Endilikda gilosning bir kilogrammining eng quyi narxi 5 dollarni tashkil etmoqda.

«Bu qiymat jahon bozori narxlariga ancha yaqin. Eksportyor ham, dehqon ham o‘z-o‘zidan foydaga ega bo‘ladi», — deyiladi xabarda.