Bilasizmi?

O‘zbekistondan Rossiyaga kiruvchilar soni keskin qisqardi - Statistika

2018 yilning I choragi bo‘yicha O‘zbekistondan Rossiyaga kiruvchilar soni 41 ming nafarni tashkil qilgan, bu esa mazkur ko‘rsatkichlarning o‘tgan yilgi statistikaga nisbatan 59 foizga qisqarganini ko‘rsatmoqda. "TurStat" sahifalarida joriy yilning ilk uch oyligi doirasida Rossiyaga kirish turizmi statistika ma’lumotlari taqdim etildi, deb yozmoqda Kun.uz.

Statistika Janubi-Sharqiy Osiyo va Yevroittifoq mamlakatlaridan Rossiyaga keluvchi sayyohlar hisobiga I chorakda kirish turizmi ko‘rsatkichlari oshganini ko‘rsatgan.

I chorak yakunlariga ko‘ra, Rossiyaga kirish turizmi bo‘yicha top-10 mamlakatlar ro‘yxatiga Ukraina, Qozog‘iston, Xitoy, Finlyandiya, Ozarboyjon, Polsha, Armaniston, Moldova, Abxaziya, Qirg‘iziston va Estoniya kiritilgan.

Manbada ta’kidlanishicha, Xitoy o‘zining 216 ming sayyohi (+18 foiz), Janubiy Koreya 34 ming (+48 foiz) sayyohi bilan 2018 yilning ilk uch oyida Rossiyaga kirish turizmi o‘sishi bo‘yicha yetakchilik qildi.

FinlyandiyaPolshaEstoniya va Germaniya Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan Rossiyaga keluvchilar orasida eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etdi.