Bilasizmi?

O‘zbekistondagi boshpanasiz insonlar maxsus internatlarga joylashtiriladi

O‘zbekistonda ma’lum turar joyga ega bo‘lmagan fuqarolar "Saxovat" va Muruvvat" internatlarga yuboriladi. O‘zbekiston Hukumati topshirig‘ga binoan, Ichki ishlar vazirlgi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda ushbu yilning iyun oyiga qadar  Vazirlar mahkamasiga o‘z turar joyiga  ega bo‘lmagan fuqarolarni internatlarga joylashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini kiritishlari kerak.

Bugungi kunda ushbu toifadagi fuqarolar Ichki ishlar organlarining turar joyi bo‘lmagan fuqvarolarni reabilitatsiya qilish markazlarida joylashtirilmoqda.

Toshkent shahar IIBB "Xavfsiz hudud"tadbiri doirasida turar joyiga ega bo‘lmagan fuqarolarning shaxsini aniqlash va hujjatlarini qayta tiklashda yordam bermoqda. Shuningdek ularga tibbiy xizmat ko‘rsatilib, ishga joylashishga ham ko‘mak berilmoqda.

Toshkent shahar IIBB ushbu sohada xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganib chiqdi. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, masalan AQSh, Yevroa va Isroilda ushbu faoliyat davlat ijtimoiy xizmatlari zimmasiga yuklangan. Shuningdek, bunday shaxslarga turli xayriya, diniy uyushmalar hamda fuqarolarning o‘zlari ham ko‘mak ko‘rsatmoqda.