Bilasizmi?

O‘zbekistonda ta’lim sohasiga qancha mablag‘ ajratilishi ma’lum bo‘ldi

2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish dasturi doirasida 14 ta ob’yektni qurish, 256 ta ob’yektni rekonstruksiya qilish, 157 ta ob’yektni kapital ta’mirlash hamda bog‘chalarni jihozlash uchun O‘zbekiston hukumati 815 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan 2018 yil uchun respublika byudjetida bu mablag‘ 2017 yilga nisbatan 3 baravar ko‘pdir.

Shuningdek, Moliya vazirligi tomonidan 1200 ta bog‘chalarni o‘yinchoq va o‘quv-qo‘llanmalar bilan ta’minlashga qo‘shimcha 5 milliard so‘m ajratiladi.

Bundan tashqari, 11 yillik ta’lim tizimiga o‘tishi munosabati bilan respublika byudjetida 728,5 milliard so‘m mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan, ulardan 46 milliard so‘m o‘quv adabiyotlar uchun sarflanadi.

Shuningdek, Moliya vazirligi kitob jamg‘armasi orqali 1,2 va 11 — sinflar uchun 113,5 milliard so‘mlik 29,7 million dona o‘quv-uslubiy majmualar yetkaziladi.

2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi doirasida oliygohlar moddiy-texnika ta’minotini rivojlantirish uchun 448,5 milliard so‘m ajratiladi (bu 2017 yilga nisbatan 1,5 baravar ko‘p).

Abituriyentlardan imtihon olish jarayoniga zamonaviy texnika bilan ta’minlashga 8,2 milliard so‘m ajratish rejalashtirilgan.