Bilasizmi?

O‘zbekistonda soat 21:00 dan so‘ng alkogol mahsulotlarini sotish taqiqlanadi

O‘zbekistondagi savdo do‘konlari, kafe va restoranlarda soat 21:00 dan so‘ng alkogol mahsulotlari sotilishini taqiqlash bo‘yicha hukumat qarori ishlab chiqilmoqda.

Alkogol mahsulotlari chakana savdosi soat 21:00 dan, umumiy ovqatlanish shoxobchalarida va tadbirlar o‘tkaziladigan maskanlarda soat 23:00 dan so‘ng taqiqlanadi. 11 avgust kuni bo‘lib o‘tgan selektorda Bosh vazir Abdulla Aripov bu haqda ko‘rsatma bergan, deb xabar qiladi Gazeta.uz.

Vazirlar Mahkamasidan nashrga qaror loyihasi avvalroq ishlab chiqilgani, buning «Aurum 898» tungi klubida ro‘y bergan hodisaga aloqasi yo‘qligi ma’lum qilingan.

Respublikaning turli hududlaridagi spirtli ichimliklar savdosi bilan shug‘ullanadigan do‘konlar sotuvchilarining aytishicha, ular allaqachon mahalliy hokimiyat organlari tomonidan soat 21:00 dan so‘ng alkogol mahsulotlari sotilmasligi bo‘yicha xabardor qilingan.