O‘zbekistonda jismoniy va yuridik shaxslarga pullik asosda avtomashina oynalarini qoraytirishga (tonirovka) ruxsat berish rejalashtirilmoqda.
Hujjat loyihasida yengil avtomashinalarining orqa oynalarini 5 foiz va orqa yon oylarini 30 foizga qoraytirishni belgilash taklif qilinmoqda.
Tonirovka Davlat yo‘l harakati xavfsizligi tuzilmalari tomonidan 1 yilga berilgan ruxsatnoma asosida, tasdiqlangan davlat standartiga muvofiq IIV qoshidagi "Innovatsion loyihalar va aholiga xizmat servis xizmat ko‘rsatish markazi" DUK tomonidan amalga oshiriladi.
Mashina old lobovoy oynasining tepa qismi 14 smdan qalin bo‘lgan va yorug‘lik o‘tkazish 30 foiz kam bo‘lmagan polosa uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.
Tonirovkaga ruxsat berish va uni o‘rnatish uchun to‘lov stavkasi jismoniy shaxslar uchun eng kam oylik ish haqining 90 baravar, yuridik shaxslar uchun eng kam oylik ish haqining 120 baravar, xorijiy davlatlarning yuridik shaxslar uchun eng kam oylik ish haqining 140 baravar bo‘ladi.
Mashina oynasi qaraytirilgan xorijiy davlatlar transport vositalarida O‘zbekiston hududiga kirish va tranzit o‘tish holatlarida 15 dollar miqdorda yig‘im undiriladi.
Ichki ishlar vazirligi xizmat mashinalar oynalarini qoraytirish ruxsatnomasi va o‘rnatishga ruxsat berilgan (bepul tarzda) davlat organlarining ro‘yxatini tasdiqlaydi.
Hujjatda pullik tonirovka 2018 yil 1 iyulidan ruxsat berilishi belgilangan. Biroq, ushbu muddatgacha qaror loyihasi barcha kelishuv bosqichlarini o‘tishga ulgarmasa kerak. Ehtimol, ushbu muddat bir oyga ko‘chiriladi.